Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Fransiya termasi faxri - Lyoris

Fransiya termasi faxri - Lyoris

Baho:
+ | -

 Yakuniga yetgan mundialda Ugo Lyoris Lilian Tyuramni ortda qoldirdi va Fransiya terma jamoasining rekordchisiga aylandi (143 ta o‘yin). Ugo terma jamoaning asosiy darvozaboni sifatida 4 ta jahon chempionati (2010, 2014, 2018 va 2022 yillar) va 3 ta Yevro (2012, 2016, 2020) o‘tkazgan.

143 ta o‘yin nafaqat rekord, balki barqarorlikning o‘ziga xos namunasidir: u terma jamoaning eng kuchli 15 rekordchilari orasida yagona darvozabon. Qolgan posbonlar - hatto Bartez ham qahramonimizdan ancha kam o‘yin o‘tkazgan.

Ugoning yana bir yutug‘i - bu terma jamoadagi uzoq muddatli sardorlik. Lyoris bu borada fantastik natija ko‘rsatmoqda. Kiper Fransiya terma jamoasida sardor sifatida 119 matchda ishtirok etgan. Birinchi marta u bog‘ich ostida 2010 yilning noyabrida Angliyaga qarshi o‘yinda maydonga tushgan. 2011 yildan boshlab, Ugo “uch ranglilar”ning asosiy sardori bo‘lgan. 119 marta bog‘ich ostida o‘tkazgan o‘yinlarining 54tasida uning murabbiyi Didye Desham edi. Bundan ko‘rinib turiptiki, Yevro-2024da ham Ugo o‘z formasida bo‘lsa termasini maydonga boshlab tushadi. Deshamning unga bo‘lgan ishonchi cheksiz.

Darvoqe, Ugo sardor sifatida ikki marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona futbolchiga aylanishi mumkin edi: Juzeppe Meassa (1938), Daniyel Passarella, Bellini (1958), Mauro (1962) va Kafu (2002) atigi bitta turnirda bog‘ichlar bilan o‘tkazgan. Balki Ugoda bundan keyingi mundialda ishtirok etish imkoni ham bordir. Chunki darvozabonlar faoliyatini nisbatan kechroq tugatishadi.

Ugoning qilgan ishlari qay darajada yuksak yutuq ekanligi ko‘rsatish uchun Lyorisni ko‘p yillar davomida o‘z terma jamoalarini himoya qilgan yana to‘rtta afsonaviy posbon bilan solishtiramiz. Bu solishtiruv kim dunyodagi eng kuchli darvozabon ekanligini aniqlash bilan bog‘liq emas (Buffon va Kasilyas bilan buyuklikda raqobatlashish Lyorisga emas), balki Ugo ham ular qatorida bo‘lishga intilayotgan kiperligini ko‘rsatadi. 

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 12:07, 30.12.2022.
O'qildi: 1322 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик