Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Torino 2-0 Kalyari
25/01 01:00 Las-Palmas 1-1 Osasuna
25/01 18:00 Malyorka - Betis
25/01 19:00 Komo - Atalanta
25/01 20:00 Brayton - Everton
25/01 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
25/01 20:00 Liverpul - Ipsvich
25/01 20:00 Vulverhempton - Arsenal
25/01 20:00 Sautgempton - Nyukasl
25/01 20:15 Atletiko - Vilyarreal
25/01 22:00 Napoli - Yuventus
25/01 22:30 Sevilya - Espanyol
25/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
26/01 00:45 Empoli - Bolonya
26/01 01:00 Valyadolid - Real Madrid
26/01 16:30 Milan - Parma
26/01 18:00 Rayo Valyekano - Jirona
26/01 19:00 Kristal Pelas - Brentford
26/01 19:00 Tottenhem - Lester
26/01 19:00 Udineze - Roma
26/01 20:15 Real Sosyedad - Xetafe
26/01 21:30 Aston Villa - Vest Xem
26/01 22:00 Lechche - Inter
26/01 22:30 Atletik Bilbao - Leganes
27/01 00:00 Fulhem - Man. Yunayted

Ansu Fati: «La Masiya» men uchun eng yaxshi variant edi»

Ansu Fati: «La Masiya» men uchun eng yaxshi variant edi»

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi hujumchisi Ansu Fati L~Equipe nashriga intervyu berdi.

Unda yosh iqtidor sohibi o‘zining shaxsiy va futbol sayohati haqida so‘zlab berdi, klub boshidanoq iliq kutib olgani va La Masiyaning qulayliklarini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u jamoadagi ilk debyuti va jamoadoshlari bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Bolalik xotiralari haqida

- Men onam, aka-ukalarim, amakivachchalarim va buvim bilan San-Paulu hududidagi uyda katta bo‘lganman. Yaqinda opamning dugonalaridan biriga biz yashagan ko‘chamizni tasvirga tushirib, menga yuborishini so‘radim va ko‘rib u yerni umuman tanimadim! Men u yerga qaytishni, ziyorat qilishni juda xohlayman.

Futbol o‘ynashni boshlagan paytlari haqida

- Uch yoshimda amakivachchalarim bilan ko‘cha futbolini o‘ynashni boshladim. Gvineya-Bisauda bolalar bu erkinlikka deyarli yurishni boshlashlari bilanoq erishadilar. Odatda yalangoyoq o‘ynaymiz. Puli borlar esa plastik sandal kiyishardi. Bizning to‘pimiz o‘ralgan paypoqlardan yasalgandi va biz davom etardik. Ba’zan plastik to‘pdan foydalanardik, lekin u uzoq umr ko‘rmasdi, chunki o‘tkirroq biror narsaga tegishi bilan tamom...

Oilasi haqida

- 2009 yili onam, ikki ukam va katta opam bilan Ispaniyaga yashash uchun ilk bor parvozimni amalga oshirdim. Men har doim biz uchun pul topish maqsadida Yevropaga borishga harakat qilgan otamni qattiq qadrlayman. Bugun bu yerda ekanligim aynan uning sharofati bilan.

«Barsa»dagi ilk kunlari haqida

- «La Masiya» ham futbol, ham ta’lim uchun eng yaxshi variant edi. Men 2012 yilda - yangi «La Masiya» ochilgandan so‘ng, klub o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan paytda keldim. Sharoitlar juda zamonaviy edi. Stol tennisi, bilyard o‘ynaladigan o‘yin xonasi bor edi ... men ilgari hech qachon ko‘rmagan narsalar. «La Masiya»da yashash va bunday ajoyib murabbiylar bilan ishlash ajoyib tajriba bo‘ldi. U yerdagi ilk murabbiyim Mark Serra menga qaysi klubda o‘ynayotganimni va o‘yinlarda raqiblarimni hurmat qilishim kerakligini tezda tushuntirdi. U meni ko‘proq gol urishga va samaraliroq bo‘lishga undadi. Kiyinish xonasiga kirganimda ishonmadim, u yerda Luis (Suares), Leo (Messi) va boshqa barcha futbolchilar bor edi. Jamoadagi ilk debyutimni o‘tkazgan hafta davomida ko‘p uxlolamadim, juda qattiq stressga tushib qoldim. Men bu lahzani ko‘p yillar davomida orzu qilardim va hamma narsa juda tez amalga oshdi! «Kamp Nou»da o‘ynash va gol urish haqida ko‘p marta o‘yladim... Sevilyada «Betis»ga qarshi o‘yinda debyut qilganimdan so‘ng, Leo bizni g‘alaba bilan tabriklash uchun kiyinish xonasida kutib turgandi. Ichkariga kirganimda u meni quchoqlaganiga ishonmadim! Men bu ishorani doim eslayman. Vaqt o‘tishi bilan ma’lum rekordlarni yangilash sharafi va g‘ururini angladim. Bu haqda o‘ylamagandim, chunki o‘yindan oldin ham, keyin ham oilam u yerda edi, men oddiy hayotimni davom ettirdim. Rahbarlar birinchi kundanoq meni katta akalardek iliq kutib olishdi.

Jamoadoshlari haqida

- Jordi Alba bilan ko‘p gaplashardik, chunki biz ko‘pincha maydonning chap tomonida birga o‘ynaganmiz. O‘z pozisiyalarimizni ko‘rib chiqdik, men qanday qilib raqibimdan uzoqlashishimni yoki u oldinga chiqqanda uni qanday qoplashimni ko‘rib chiqdik. Bir-birimizni yaxshi qo‘llardik. Serxio ochiq gapiradi, Pike esa doim hazil qiladi, men ikkalasini ham juda hurmat qilaman. Erik Garsiya bilan ko‘p yillar birga o‘ynadik. U bu yerdagi hayotga va «Barsa»ning o‘yiniga moslashishimga yordam bergan insonlardan biri. Yoshligimda ko‘p vaqtimni uning uyida o‘tkazardim. Men, Pedri, Gavi va boshqalar klubdan tashqarida birga ko‘p vaqt o‘tkazamiz. Imkoniyatimiz bo‘lsa, ovqatlanish uchun chiqamiz.

Manba: fcbarcelona.com, MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:15, 31.12.2022.
O'qildi: 2027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.