Squawka internet portali 2022 yilda top-5 chempionatlarda (APL, La Liga, A Seriya, Liga1, Bundesliga) eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar ro‘yxatini tuzdi.
"Barselona" kiperi Mark Andre Ter Shtegen 19 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda ro‘yxatda peshqadam bo‘ldi. "Real Sosyedad" posboni Aleks Remiro 2-o‘rinda - 16 ta o‘yin. Alisson ("Liverpul") 3-o‘rinda - 15 ta o‘yin.