Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Anchelotti: "Irqchilik - La Liga muammosi emas, balki jamiyat va madaniyat muammosi"

Anchelotti: "Irqchilik - La Liga muammosi emas, balki jamiyat va madaniyat muammosi"

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar" futbolchisi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilikning namoyon bo‘lishini qoraladi.

Futbolchi Madrid jamoasi bilan La Liga o‘yinida ("Real" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan) “Valyadolid” muxlislari tomonidan haqoratlangan.

"Vinisius bilan men buni muhokama qilmadik. Men bo‘lmasligi kerak bo‘lgan narsalar haqida, irqchilik va ksenofobiya haqida gapirishni xohlamayman. Bu jamiyatning kasalligi, bunday bo‘lmasligi kerak. Men buni juda salbiy qabul qilaman.

Men bu mavzuni chuqur o‘rganishni xohlamayman. Aytganimdek, bu La Liga muammosi emas, balki jamiyat va madaniyat muammosi. Menimcha, jamiyatda hozirda ta’lim yetishmaydi. Irqchilik va ksenofobiya juda jiddiy muammolardir" - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Kiritildi: 22:18, 02.01.2023.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик