Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

APL. «MYU» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Arsenal» esa «Nyukasl»ni yenga olmadi

APL. «MYU» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Arsenal» esa «Nyukasl»ni yenga olmadi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 3 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Arsenal» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi. Uchrashuvda londonliklar ustunlik qilgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi.

«Kanonirlar» ochkolarini 44 taga yetkazib, 1-o‘rinda bormoqda. «Nyukasl» esa 35 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.

«Manchester Yunayted» esa o‘z maydonida «Bornmut» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Kazemiro hisobni ochdi. 49-daqiqada Lyuk Shou manchesterliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 86-daqiqada esa Markus Reshford ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Erik ten Hag shogirdlari 35 ochko bilan 4-o‘rindan joy olgan. «Bornmut» esa 16 ochko bilan 15-pog‘onada joylashgan.

APL, 19-tur bahslari
3 yanvar, seshanba
«Arsenal» — «Nyukasl» 0:0
«Arsenal»: Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 76), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor, Saka, Nketia, Martinelli.
«Nyukasl»: Poup, Trippyer, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes, Longstaff, Uillok (Sen-Maksimen, 87), Almiron (Merfi, 68), Uilson (Vud, 68), Joelinton.
Ogohlantirishlar: Bruno Gimaraes (27), Uilson (28), Nketia (32), Edegor (40), Jaka (42), Joelinton (58), Almiron (59), Zinchenko (90), Lassels (90).

«Manchester Yunayted» — «Bornmut» 3:0
Gollar: 1:0 – 23 Kazemiro, 2:0 – 49 Shou, 3:0 – 86 Reshford.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 69), Maguayr, Lindelef (Martines, 88), Shou, Eriksen (Fred, 68), Kazemiro, Brunu Fernandesh, van de Bek (Garnacho, 45), Marsyal (Elanga, 69), Reshford.
«Bornmut»: Trevers, Smit (Steysi, 63), Senesi, Mifem, Kelli, Kristi (Dembele, 76), Lerma (Rotuell, 84), Kuk, Billing (Mur, 76), Solanke, Entoni.
Ogohlantirishlar: Billing (36), Smit (46), Steysi (75).

«Everton» — «Brayton» 1:4
Gollar: 0:1 – 14 Mitoma, 0:2 – 51 Fergyuson, 0:3 – 54 March, 0:4 – 57 Gross, 1:4 – 90 Grey (penalti).

«Lester» — «Fulhem» 0:1
Gol: 0:1 – 17 Mitrovich.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:39, 04.01.2023.
O'qildi: 2959 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.