Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

"Andijon" lageridan daraklar

"Andijon" lageridan daraklar

Baho:
+ | -

Dukentda navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlagan "Andijon" jamoasi futbolchilari bugun tibbiy-ko‘rikdan o‘tishdi.

"Har gal qishki tayyorgarlik yig‘ini oldidan jamoalarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi juda muhim omil hisoblanadi.

Shu maqsadda bugun “Andijon” jamoamiz a’zolari ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu jarayonning ancha barvaqt tashkil etilgani ham juda o‘rinli bo‘ldi. Masalan, kimnidir sog‘ligida biror-bir muammosi ko‘zga tashlansa yoki shug‘ullanishi uchun to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan qandaydir nuqsoni kuzatilsa, shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra davolanib olish uchun fursat yetarli bo‘ladi.

Dukent shaharchasida jamoamiz joylashgan qarorgohga poytaxtdan “UM medical center” sport tibbiyot markazining ixtisoslashgan bo‘limidan bir guruh shifokorlar kelib, futbolchilarimizni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Xudoyberganov Muzaffar boshchiligidagi malakali shifokorlar har bir o‘yinchining salomatligi bo‘yicha tibbiy tekshiruvlarni zamonaviy apparaturalar yordamida olib bordilar.

Bunda, birinchi navbatda qon tahlillari, chuqurlashtirilgan UZI apparati yordami qorin bo‘shlig‘i a’zolari, avtomolog (ko‘z shifokori) nazorati, stomatolog, LOR (quloq, tomoq) ko‘rigi, yurakni funksional apparat yordamida tekshirish va kardiolog nazoratida futbolchilar EKG apparatidan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida futbolchilarimizda jiddiy muammolar ko‘zga tashlanmadi. Demak, bundan xulosa qilishimiz mumkinki, qishki ta’til mahalida har bir futbolchi dam olish chog‘ida ham ishiga professionallarcha yondashib o‘z organizmini nazorat qilib borishgan.

Shuningdek, jamoamizga yana qo‘shilgan yangi futbolchilar bor. Farhod Bekmurodov va Sardor Azimovdan tashqari safimizga yarim himoyachi – Shoxruh Mahmudxojiyev hamda hujumchi Ibrohim G‘anixonov ham yetib kelgan. Ular ham bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar.

Ma’lumot uchun, Mahmudxojiyev 2022 yilgi mavsumni Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasida boshlab, “Dinamo” klubida yakunlagan bo‘lsa, G‘anixonov “Navbahor” hamda “Surxon” tarkibida to‘p surgan" - deyiladi "Andijon" klubining matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Kiritildi: 16:27, 04.01.2023.
O'qildi: 992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.