"Real Valyadolid"ning o‘ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda yaqin kelajakda "Nyukasl Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Gilermo Rai o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan klubi rahbariyati yaqin kunlarda 10-15 million yevro miqdorida taklif kutmoqda, garchi uning tovon puli 30 million yevro bo‘lsa-da.













