Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

"Shaxtyor" endi 100 million yevro so‘ramoqda

"Shaxtyor" endi 100 million yevro so‘ramoqda

Baho:
+ | -

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachi Mixail Mudrikni Londonning “Arsenal” klubiga sotishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Goal xabariga ko‘ra, "konchilar" rahbariyati futbolchi uchun 100 million yevro olmoqchi. Mudrikning narxi oshgan, chunki futbolchi uchun kurashga "Chelsi" ham qo‘shilgan. Qayd etilishicha, agar "Shaxtyor" futbolchi bo‘yicha taklifni qoniqtirmasa, muzokaralarni yozgacha qoldirishadi.

Avvalroq “Arsenal” Mudrik uchun 70 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Ukrainalik futbolchining o‘zi hamyurti Aleksandr Zinchenko sharafini himoya qilayotgan “kanonirlar” safiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Mudrik “Shaxtyor” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yilning dekabrida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 19:50, 04.01.2023.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик