Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Ronaldu diskvalifikasiya tufayli "An-Nasr"ning ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Ronaldu diskvalifikasiya tufayli "An-Nasr"ning ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ning navbatdagi uchrashuvlarida qatnashmaydi.

Dekabr oyi oxirida Saudiya klubi bilan shartnoma imzolagan hujumchi "Al-Tai" va "Ash-SHabab" jamoalariga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Uchrashuvlar 5 va 14 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Portugaliyalik futbolchi diskvalifikasiya tufayli ushbu uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi. Noyabr oyida Angliya futbol assosiasiyasi uni aprel oyida sodir bo‘lgan voqea uchun 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilgandi. O‘shanda "Manchester Yunayted"da o‘ynagan futbolchi bemor bolaning telefonini sindirib tashladi.

Ronaldu diskvalifikasiyani hali bajarmagan, bu boradagi qaror uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi bekor qilingan kunning ertasiga qabul qilingan. FIFA reglamentiga ko‘ra, avvalgi ligalarda diskvalifikasiya muddatini oxirigacha o‘tkazmagan futbolchilar yangi chempionatdagi dastlabki o‘yinlarni o‘tkazib yuborishlari shart.

Shu tariqa, Ronaldu 21 yanvargacha “Al-Nasr”da o‘ynay olmaydi. Keyin esa jamoa “Al-Ittifoq” bilan uchrashadi.

Kiritildi: 21:42, 04.01.2023.
O'qildi: 5774 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик