Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

"Navbahor" ertaga Antaliyaga uchib ketadi

"Navbahor" ertaga Antaliyaga uchib ketadi

Baho:
+ | -

Namanganning "Navbahor" klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, ertaga Samvel Babayan boshchiligidagi "lochinlar" Turkiyaga yo‘l oladi.

"Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan vise-chempion, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) "pley-off" bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan jamoamiz 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlikni ham jiddiy tarzda olib borishni niyat qilgan.

“Lochinlar” yangi yildagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish maqsadida, ertaga ertalab Toshkent – Antalya aviayo‘nalishi bo‘yicha Turkiyaga parvoz qilishadi. Turkiyadagi yig‘in davomida jamoamiz xorij klublariga qarshi bir qator nazorat-sinov uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan" - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Kiritildi: 19:07, 05.01.2023.
O'qildi: 1365 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик