Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kolumbiyadagi stadionning nomi Pele sharafiga o‘zgartiriladi

Kolumbiyadagi stadionning nomi Pele sharafiga o‘zgartiriladi

Baho:
+ | -

Kolumbiya FIFA prezidenti Janni Infantinoning har bir mamlakatda kamida bittadan stadion nomini uch karra jahon chempioni Pele sharafiga o‘zgartirish haqidagi taklifiga javob bergan birinchi Lotin Amerikasi davlatiga aylandi.

"Biz FIFA tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz. Yosh avlod jahon futbolining bu timsoli kim bo‘lganini bilishi kerak", - dedi Kolumbiya janubiy departamenti gubernatori Meta Xuan Gilyermo Zuluagi L'Equipe bilan suhbatda.

Pele sharafiga Vilyavisensio shahridagi stadion nomi o‘zgartiriladi. 1958 yilda ochilgan arena 15 000 tomoshabinni sig‘dira oladi.

Pele 2022 yilning 29 dekabr kuni 82 yoshida yo‘g‘on ichak saratoni asoratlari tufayli vafot etdi.

Pele futbolchi sifatida tarixdagi yagona uch karra jahon chempioni, shuningdek, faoliyatidagi gollar soni bo‘yicha rekord sohibi (1279).

Kiritildi: 14:14, 06.01.2023.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик