Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Metallurg" navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini qachon boshlashi ma’lum qilindi

"Metallurg" navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini qachon boshlashi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Yangi yil munosabati bilan bayram ta’tiliga chiqqan Bekobodning “Metallurg” jamoasi kelayotgan haftaning ilk kunidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.

"Ikkinchi yig‘in ham jamoaning Bekobod shahridagi qarorgohida hamda “Metallurg” stadionida olib borilishi rejalashtirilgan.

Dushanba kuni klub ixtiyoriga ispaniyalik murabbiylar hamda xorijlik legioner futbolchilari kelib qo‘shilishi kutilayapti. Luisma Ernandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi Ispaniyadan, Yosovich, Stamenkovich hamda Obradovichlar esa Serbiyadan uchib kelishadi.

Ikkinchi yig‘in 29 yanvar sanasigacha davom etishi belgilangan. Yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini maromiga yetkazish barobarida sparring raqiblar bilan nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, 19 yanvar kuni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan, 25 dekabrda esa Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan kuch sinashishga kelishib olingan. Mazkur uchrashuvlarning bo‘lib o‘tadigan vaqti va manzili yaqin kunlar ichida oydinlashadi" - deyiladi bekobodliklarning matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Kiritildi: 16:34, 06.01.2023.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик