Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Navbahor» tarkibiga yana uch nafar yangi futbolchi qo‘shildi

«Navbahor» tarkibiga yana uch nafar yangi futbolchi qo‘shildi

Baho:
+ | -1

Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan “Navbahor” o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga to‘ldirishda davom etmoqda.

Jamoa safiga Turkiya safaridan oldin 3 nafar yangi futbolchi qo‘shildi. Darvozabon Xurshid Xo‘jayev, himoyachilar – Ibrohim Yo‘ldoshev va Luka Chermel yangi mavsumni “lochinlar”  tarkibida davom ettiradigan bo‘lishdi.   

Mazkur futbolchilar borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, tajribali darvozabon Xurshid Xo‘jayev 1988 yil 14 fevralda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Katta futboldagi faoliyatini 2012 yili Farg‘onaning “Neftchi”sida boshlab, ushbu jamoa darvozasini 2013 yilning yakunigacha qo‘riqlagan.

Ta’kidlash joizki, Xo‘jayev "Navbahor" uchun begona emas va u 2014-2015 yillar mavsumlarida namanganliklar sharafini himoya qilgan. Keyinchalik  “Andijon” (Andijon, 2016 yil), AGMK (Olmaliq, 2017-2018 yillar), “Buxoro” (Buxoro, 2019  yil), “Istiqlol” (Farg‘ona, 2020 yil), “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon, 2021 yil) jamoalari darvozalarini qo‘riqlagan.

Tajribali golkiper o‘tgan mavsumni “Andijon”da o‘tkazib, 12 ta o‘yinda jamoa darvozasini qo‘riqlab, andijonliklarning Pro-liga g‘olibi bo‘lishlari, Coca Cola Superliga-2023 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.  

Mahoratli himoyachi Ibrohim Yo‘ldoshev 1999 yil 5 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Katta futboldagi faoliyatini 2016 yili Toshkentning “Paxtakor”ida boshlab, ushbu jamoada 2018 yilning yarmigacha to‘p tepdi.  2018 yilning 2-davrasi va 2019 yilgi mavsumda Bekobodning “Metallurg” klubida o‘ynadi. 2020 yilning 1-davrasini yana “Paxtakor”da o‘tkazib, o‘sha yilgi mavsumning 2-davrasi hamda 2021 yilgi mavsumni Termizning “Surxon”ida o‘tkazdi. Yakunlangan mavsumda esa Samarqandning “Dinamo” jamoasida to‘p tepib, O‘zbekiston Coca Cola Superligasi va kubogida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2273 daqiqa to‘p surgan holda, 1 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qilgan.

Tajribali himoyachi Luka Chermel esa 1995 yilning 29 iyulida Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning OFK (Belgrad, 2014 yilning 1-davrasi), “Sanjelik” (Belgrad, 2014 yilning 2-davrasi), “Brodarak” (Belgrad, 2015 yilning 1-davrasi), IMT (Belgrad, 2015 yilning 2-davrasi – 2017 yilning 1-davrasi), “Teleoptik” (Zemun, 2017 yilning 2-davrasi-2018 yil), “Radnichki” (Nish, 2019 yilning 1-davrasi), “Injiya” (Injiya, 2019 yilning 2-davrasi – 2020 yil), O‘zbekistonning “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2021-2022 yillar) klublarida o‘ynagan.

Serbiyalik futbolchi jizzaxliklar tarkibida so‘nggi ikki mavsumda Coca Cola Superligasida jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4177 daqiqa o‘ynagan holda, 2 golga mualliflik, 3 ta golga assistentlik qilgan.

Chermel o‘tgan mavsumda “So‘g‘diyona” tarkibida 24 ta bahsda maydonga tushib, 1911 daqiqa o‘ynab, 1 tadan gol va assist muallifiga aylangan.

Xurshid Xo‘jayev hamda Ibrohim Yo‘ldoshev bugun ertalab jamoa a’zolari bilan birgalikda Turkiyaga parvoz qilishgan bo‘lsa, Luka Chermel Antalyada “Navbahor” mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:52, 06.01.2023.
O'qildi: 3184 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.