Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Chelsi" Kantega 2026 yilgacha shartnoma taklif qildi

"Chelsi" Kantega 2026 yilgacha shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning fransiyalik yarim himoyachisi N'Golo Kante "aristokratlar" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirishi mumkin. Bu haqda taniqli italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Chelsi" o‘z yarim himoyachisi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Kantening London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

31 yoshli fransiyalik futbolchi 2016 yildan buyon "Chelsi"da o‘ynamoqda. Umuman olganda, Kante "ko‘klar" safida 262 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Chelsi" tarkibida futbolchi 2017 yilda Angliya chempioni bo‘ldi, mamlakat kubogi (2018), Yevropa ligasi (2019), Chempionlar ligasi (2021) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2022) g‘olibi bo‘ldi.

Kiritildi: 15:37, 07.01.2023.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик