"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Serxio Busketsning ispan jamoasi tarkibidagi kelajagi haqida gapirdi.
“Busketsning kelajagi? Bu ko‘p jihatdan moliyaviy feyr-pley qoidalariga bog‘liq bo‘ladi. Umid qilamanki, mavsum oxirigacha u yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Serxio bizning sardorimiz, uning shartnomasi yakunlanishiga hali olti oy bor", - dedi Xavi.
34 yoshli ispaniyalik futbolchi 2008 yilning iyul oyidan buyon "Barselona"da to‘p suradi. U ispan klubi safida jami 698 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan va 42 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.