"Lasio" bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Empoli"ga (2:2) qarshi o‘yini haqida gapirdi.
“Natijadan noroziman, lekin xafa emasman. Buni hazm qilish va qabul qilish qiyin. Biz bunday xatolarga tez-tez yo‘l qo‘yamiz, oxir-oqibatda har bir xato uchun jazo olamiz", - deya Sarrining so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, jamoada hissiy charchoq bor.
Keyingi turda Maurisio Sarri shogirdlari “Sassuolo”ga qarshi bahs olib boradi (15 yanvar).