Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

O‘zPFL Reglamentga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi

O‘zPFL Reglamentga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston professional futbol ligasi qat’iy reja asosida 2021 yildan boshlab Musobaqalar o‘tkazish reglamentini bosqichma-bosqich tartibga keltirdi. Endilikda biz undagi e’tiborga molik jihatlarni sharhlab boramiz. Birinchi galda quyidagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratish darkor.

«Superliga va Pro liga reglamenti». Tashkilot nomi ostida Reglament shu nom bilan tahrir etildi.

Sabab. Rejaga ko‘ra, 2024 yilgi mavsumdan boshlab Pro ligada faqatgina professional futbol klublari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Birinchi liga esa yarim professional futbol jamoalari ishtirokida o‘tkaziladi. Shundan kelib chiqib, bu musobaqa alohida reglament asosida tartibga solinadi. «Superliga va Pro liga reglamenti»dan, shuningdek, O‘zbekiston U21 chempionati va O‘zbekiston U19 chempionati joy olgan.

Ma’lumot. O‘zbekistonda OFK lisenziyalash talablarini bajara olgan 12 ta futbol klubi mavjud. 2023 yilga kelib, mazkur raqamlar o‘zgarishi katta ehtimol. O‘z navbatida bu holat Pro liga va uni rivojlantirish rejasiga ta’sirini o‘tkazadi.

O‘zbekiston kubogi, Superkubogi hamda o‘tish o‘yinlari uchun alohida reglament bo‘ladi.

Sabab: Liga so‘nggi 5 yil davomida Superliga, Pro liga, Birinchi liga, O‘zbekiston kubogi, O‘zbekiston Superkubogi, o‘tish o‘yinlari, ayollar Oliy ligasi, ayollar Birinchi ligasi, futzal Oliy ligasi, futzal Birinchi ligasi, ayollar va futzal kuboklari, qo‘shimchasiga bir necha yosh toifasidagi musobaqalarni o‘tkazib keldi. Endilikda assosiasiya hamda liga o‘rtasida kelishuv shartnomasiga ehtiyoj mavjud. Liga bu borada o‘z taklifini assosiasiyaga kiritgan. Shu asosda O‘zbekiston kubogi, Superkubogi hamda o‘tish o‘yinlari uchun reglament ishlab chiqiladi.

Ma’lumot. Liga davlat byudjetidan moliyalashtirilmaydi, assosiasiya va Liga o‘rtasida musobaqalarni o‘tkazish yuzasidan moliyaviy kelishuv mavjud emas. Shunga qaramay, Liga yuqoridagi barcha musobaqalarni o‘tkazib keldi, ayollar va futzal jamoalarini badal pullaridan ozod etdi, 2021 yilda badal pullarini Superliga klublari uchun 30 foizga, Pro liga uchun 60 foizga, Birinchi liga uchun 50 foizga kamaytirdi. Vaholanki, birgina hakamlik uchun harajatlar VAR texnikasi sabab 1,5 barobarga oshgan. 2022 yilda bo‘lgani kabi, 2023 yil uchun ham badal pullari miqdori o‘zgarishsiz qoldirildi. So‘nggi ikki yilda Liga o‘z xarajatlarining teng yarmini ishlab topishga erishdi.

O‘zPFL telegramdagi kanali orqali endilikda Reglamentdagi e’tiborga molik jihatlar haqida ma’lumot berib boriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:09, 09.01.2023.
O'qildi: 2272 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.