Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Angliya liga kubogi. «Manchester Siti» mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi

Angliya liga kubogi. «Manchester Siti» mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi

Baho:
+ | -

Angliya liga kubogining chorak finalida «Manchester Siti» 11 yanvar, chorshanba kuni «Sauthempton»ga qarshi bahs olib bordi.

«Sauthempton» «shaharliklar» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda Seku Mara va Mussa Jenepu gol mualliflariga aylandi.

Maydon egalari ikkinchi bo‘limda nomdor raqibga xavfli hujum tashkil etish imkonini bermadi. Faqatgina 80-daqiqada Alvares hisobni qisqartirish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo darvozabon Gevin Bazunu chiziq ustida to‘pni qaytarib qoldi.

Shu tariqa, Pep Gvardiola jamoasi Angliya liga kubogidan chiqib ketdi.

Angliya liga kubogi, chorak final
11 yanvar, chorshanba
«Sauthempton» — «Manchester Siti» 2:0
Gollar: 1:0 – 23 Mara, 2:0 – 28 Jenepo.
«Sauthempton»: Bazunu, Voynovich, Chaleta-Sar, Salisu, Uoker-Piters, Uord-Prouz, Diallo, Jenepo (Perro, 57), Lavia (Elyunussi, 62), Armstrong (Orshich, 83), Mara (Adams, 62).
«Manchester Siti»: Ortega, Joau Kanselu, Uoker (Akanji, 46), Laport, Serxio Gomes (Ake, 46), Gundo‘g‘an, Fillips (Rodri, 63), Palmer (de Bryuyne, 46), Grilish (Holand, 56), Foden, Alvares.
Ogohlantirishlar: Lavia (25), Diallo (79).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:40, 12.01.2023.
O'qildi: 2253 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик