Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Kalakani maqtovga burish...

Kalakani maqtovga burish...

Baho:
+ | -

Muxlislar atigi 12 soniya uchun maydonga tushgan Muhammad al Nenini rosa kalaka qilishayotgandi. Darhaqiqat, professional futbolda bunday kam vaqt «o‘ynash» hammaga ham emas...

Gap APL 17-turidan o‘rin olgan «Arsenal» - «Vest Xem» o‘yini (3:1)da kuzatilgan voqelik haqida ketmoqda. 26 dekabr, Boxing day oqshomi. «Kanonirlar» shu kuni chempionatda ishlari sira yurishmayotgan «Vest Xem»ni ortiqcha muammosiz yengishdi. Aslida bosh murabbiy Mikel Arteta o‘yin oxirida futbolchi almashtirmasa ham bo‘laverardi. Biroq ispaniyalik mutaxassis 90}5-daqiqada Tomas Parti o‘rniga misrlik Muhammad al Nenini tushirishga qaror qildi. Eng qizig‘i, xavbek maydonga tushgach, bir-ikki qadam bosishga ulgurib-ulgurmay, bosh hakam final hushtagini chaldi. Xullas, al Neni rasman o‘yinda atigi 12 soniya harakatlandi, xolos. 

Misrlik bechora futbolchi shu-shu kalaka ostida qoldi. Mana, ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan ba’zi izohlarga e’tibor qarating:

- Futbol tarixidagi eng yaxshi 10 soniya! Pirlo - al Neni o‘g‘li.

- Sayyoramizni aylanishdan to‘xtating. O‘yinga baho - 10dan 10! 

- Bu yigitni yoqtirib qo‘ydim. U maydonda borini berdi...

Tribunadan suratga olingan videolavhaga ham ajoyib nom tanlandi: «Muhammad al Neni. Qoyilmaqom epizodik rol - yangi Pirlo».  Bu voqelik «Arsenal»da 2 yillik ijara muddatini o‘tagan «Real» futbolchisi Dani Sebalyosga og‘ir botgan ko‘rinadi. Har holda, u al Neni saviya­sini yaxshi biladi. «Ajoyib professional, ideal jamoadosh. Futbolga shunday yigitlar ko‘proq kerak. Al Neni «Arsenal» uchun zo‘r futbolchi...», - deya munosabat bildirdi ispaniyalik yarim himoya­chi. Bunday qo‘llab-quvvatlanish chindan ham, qadrlidir. Chunonchi, Sebalyosning so‘zlaridan keyin izohlar mazmuni keskin o‘zgardi:

- Menga futbolchining intizomi va boshqalarga namuna ko‘rsatgani yoqdi. Har holda, o‘yin vaqti masalasida shikoyat qilgani yo‘q. Shunchaki, murabbiy chaqirig‘iga tayyor ekanligini namoyish etdi. Umuman, al Neni   hech qachon ko‘p vaqt o‘ynagani bilan maqtanolmagan, endi esa shunaqa bo‘lib qoldi. Bu - yoshlar uchun dars.

- Al-Neni hamisha o‘ziga taqdim etilgan har bir daqiqada ishlaydi. Ko‘rdikki, u soniyalarni ham qadrlar ekan.

- Jamoa uchun har narsaga tayyor yigit. Ortiqcha nolimaydi, maydonda aqlga sig‘mas darajada ishlaydi. Maydon va kiyinish xonasining kamsuqum yetakchisi. Uni «Arsenal» libosida ko‘rishdan xursandman.

- Al Neni hamma o‘ylaganidan yaxshiroq futbolchi. Oxirgi ikki mavsum ko‘p bora maydonga tushdi va katta jamoalarga qarshi bahslarda juda yaxshi to‘p surdi. Misol uchun, safarda «Chelsi» va «Yunayted»ga qarshi uchrashuvlarda. Fantastik darajada jamoaviy futbolchi.

- Dani, o‘rnida to‘g‘ri gap ayting! Seni sog‘indik.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:05, 12.01.2023.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.