Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Koutinyodan Pulishichgacha - qishda amalga oshirilgan eng qimmat xaridlar

Koutinyodan Pulishichgacha - qishda amalga oshirilgan eng qimmat xaridlar

Baho:
+ | -

Qishki transfer oynasi endigina ochildi va yuqori darajadagi bir qancha transferlar allaqachon amalga oshirildi. Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Kodi Gakpo shu yilning 3 yanvar kuni Eyndxovenning PSV klubidan “Liverpul”ga o‘tgan edi. Transfer narxi qirq ikki million yevroni tashkil qildi.

Ammo bu transfer summasi rekordga aylanmadi, futbol tarixidagi eng qimmat beshta qishki transferni quyida birgalikda ko‘rib chiqamiz.

1. Filippe Koutinyo. "Liverpul"dan "Barselona"ga 135 million yevro evaziga transfer.

2018 yilning yanvarida braziliyalik yarim himoyachining transferi Kataloniya klubi tarixidagi eng katta va halokatlilaridan biri bo‘ldi, ayniqsa xarajatlarni hisobga olsak. O‘tish davrida Koutinyo dunyoning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri edi, lekin "Barselona"dagi butun davr mobaynida kamdan-kam holatlarda o‘zining avvalgi darajasini ko‘rsatdi xolos. Uning klubdagi eng yaxshi davri transferdan keyingi dastlabki 6 oy bo‘ldi.

"Liverpul"da 201 ta o‘yinda braziliyalik raqib darvozasiga 54 ta to‘p yo‘llab, 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, "Barsa" tarkibida jami 106 ta o‘yin o‘tkazgan Koutinyo 25 ta gol urgan va 14 ta golga assistentlik qilgan. Bu Kataloniya klubi rahbariyati va muxlislari umid qilayotgan natija emasligi aniq.

2019 yil avgust oyida Koutinyo “Bavariya”ga ijaraga berildi. Felippe Germaniyada o‘zini biroz yaxshiroq ko‘rsatdi, mamlakat chempionligi, Germaniya kubogi hamda Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Braziliyalik futbolchi 2020 yilning yozida ko‘plab jarohatlar tufayli "Barselona"ga qaytdi.

2022 yilning yanvarida Koutinyo "Aston Villa"ga ijara asosida ko‘chib o‘tdi, birmingemliklar yarim himoyachini olti oydan keyin 20 million yevro evaziga sotib oldi.

2. Virjil van Deyk. “Sautgempton”dan “Liverpul”ga 84,6 million yevroga transfer

Filippe Koutinyoni sotib yuborgan mersisaydliklar 2018 yilning yanvar oyida o‘z tarixidagi eng yaxshi transferlardan birini amalga oshirgan edi. Niderlandiyalik himoyachi yillar davomida "Liverpul"ning himoya markazini mustahkam ushlab turmoqda.

UYEFA Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi mersisaydliklar safida Chempionlar ligasi (2018/2019), Premyer-liga (2019/2020), UYEFA Superkubogi (2019), Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2019), Angliya kubogi (2021/2022), Angliya Superkubogi (2022), Angliya liga kubogi (2021/2022) sohibi bo‘ldi.

3. Dushan Vlaxovich. “Fiorentina”dan “Yuventus”ga 81,6 million yevroga transfer

Deyarli bir yil oldin Turin klubi Yevropaning eng istiqbolli hujumchilaridan birini sotib oldi, u 22 yoshida "Fiorentina" uchun 108 o‘yinda 49 gol urgan edi.

Vlaxovichning transferi hozircha 100 foiz o‘zini oqlamagan bo‘lsa ham, uning yoshi va kiritgan gollari sabab muvaffaqiyatsiz deb ayta olmaymiz. Serbiyalik hujumchi hozirda "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda 16 ta gol urgan.

4. Aymerik Laport. “Atletik”dan “Manchester Siti”ga 65 million yevroga transfer

Xosep Gvardiola jamoasining himoya chizig‘idagi asosiy o‘yinchisi. “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 165 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urib, jamoasiga to‘rtta APL chempionligi (2017/2018, 2018/2019, 2020/2021, 2021/2022), ikki marta Angliya Superkubogi (2018, 2018) sohibi bo‘lishiga yordam berdi. Shuningdek uch bor Liga kubogi (2017/2018, 2018/2019, 2020/2021) va Angliya kubogini (2018/2019) qo‘lga kiritdi.

5. Kristian Pulishich. Dortmundning "Borussiya"sidan "Chelsi"ga 64 million yevro evaziga transfer

Tarixdagi eng qimmat amerikalik futbolchi London klubi safida 136 o‘yin o‘tkazib, 26 gol urgan va 21 golga assistentlik qilgan. 2022/2023 yilgi mavsumda "Chelsi" Premyer-ligasi hali o‘z muxlislarini xursand qilmayapti, jamoa 17 turda 25 ochko jamg‘arib, chempionatda o‘ninchi o‘rinda bormoqda. 24 yoshli Pulishich 21 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:06, 12.01.2023.
O'qildi: 4147 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик