Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Bunday Reshfordi bor jamoaga Ronaldu haqiqatda-da kerak emas edi

Bunday Reshfordi bor jamoaga Ronaldu haqiqatda-da kerak emas edi

Baho:
+ | -

Markus Reshford hozirda "Manchester Yunayted"ning haqiqiy yulduzidir. JCH-2022dan beri hujumchi ketma-ket oltita o‘yinda gol urdi va klubning 13 yil ichida sakkizta uy uchrashuvida gol urgan birinchi futbolchisiga aylandi. Reshfordning jadal rivojlanishi Erik ten Xagning "Manchester Yunayted"ga kelishi bilan bog‘liq. Niderlandiyalik murabbiy asta-sekin hujumchini eng yaxshi formaga keltirdi va endi uning maydondagi maxsuldorligidan zavqlanmoqda.

Qanday qilib Erik ten Xag Markus Reshfordni "Manchester Yunayted" yetakchisiga aylantirdi?

Yevro-2020dan keyin Reshfordning o‘yinida pasayish bo‘ldi. Yevropa chempionatida u birorta samarali harakat qilmadi va Italiya bilan finalda penaltilar seriyasida gol ura olmadi. 2021/2022 yilgi mavsum boshida hujumchi yelkasidan olgan jarohati tufayli uch oyni o‘tkazib yubordi. Mavsum oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada noaniq bo‘lib chiqdi: barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda va atigi beshta gol urdi.

Yozda Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgach, hammasi o‘zgardi. APLning 2-turi oldidan hujumchining “PSJ”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar fonida bosh murabbiy angliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da qolishini aytdi. Oradan 10 kun o‘tib, 3 avgust kuni Reshford yanvardan beri ilk bor gol urdi va bu “Liverpul” darvozasiga g‘alaba keltiruvchi gol edi. Forvard oktyabr oyi oxirida o‘z muammolari haqida nimalar degan edi:

“Bir muddat ruhiy muammolar bilan kurashdim. Ular mening o‘yinim tufayli emas, balki maydon tashqarisida sodir bo‘lgan voqealar tufayli paydo bo‘ldi. Jurnalistlarning vazifasi maydonda bo‘layotgan voqealar haqida gapirish ekanligini tushunaman, lekin futbolchilar har bir uchrashuv oldidan to‘g‘ri tayyorlanashi va keraksiz tashvishlardan qutilishi muhim. O‘tgan mavsumda men bunday qila olmadim".

Bundan tashqari, hujumchi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ten Xag bilan ishlash tafsilotlari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: “U faqat to‘g‘ri zonalarda bo‘lishimni, gol urishimni, maydonda yuqori pozisiyalarda pressing qilishimni xohlaydi. Agar siz eng yaxshi kunlarni o‘tkazmasangiz ham, ushbu tamoyillarga rioya qilishga harakat qilishingiz kerak”.

Jahon chempionatidan oldin Reshford joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ajoyib formasi Garet Sautgeytga Angliya terma jamoasida qaysidir ma’noda yordam berdi: u yerda forvard Eronga bitta gol va Uels bilan o‘yinda dubl qayd etdi.

2022 yilgi Jahon chempionatida ko‘rganlaridan so‘ng, Ten Xag Reshford haqida optimistik fikr bildirdi: "Men biron bir aniq raqamga bog‘lanib qolishni xohlamayman. Reshford bu mavsumda APLda 20 ta gol urishga qodir. Mavsum davomida bir hujumchini yo‘qotdik, uni almashtirishimiz kerak. Aynan Reshford tarkibni kengaytiribgina qolmay, jamoaga sifat olib kelishi shart. "Manchester Yunayted"da talablar yuqori".

Shu bilan birga, jamoadagi ten Xag uchun asosiy narsa - intizom. Hujumchi o‘yiniga qaramay, uni "Vulverxempton"ga qarshi bahsda zaxirada qoldirdi. Bir kun oldin hujumchi uxlab qolib, mashg‘ulotga kechikib qolgan va buning uchun darhol tovon to‘lagan. Jahon chempionatidan beri Markus “Manchester Yunayted” safida 6 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo teg Xag uni qadrlaydigan asosiy narsa ish emas. Murabbiy bir necha bor hujumda dinamik, faol pressing o‘yinchisi kerakligini aytdi. Shuning uchun u Ronalduni emas, Reshfordni “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirgan edi.

Erik ten Xag qo‘l ostida 25 ta o‘yinda Reshford 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvard hech bir murabbiy qo‘l ostida bunday ko‘rsatkichni qayd etmagan. Misol uchun, Ralf Rangnik bilan angliyalik 22 o‘yinda atigi ikkita gol urgan. Eng muhimi, Reshfordning harakatlari “MYU”ga natija bermoqda va u bundan mamnun.

Kiritildi: 16:11, 13.01.2023.
O'qildi: 4617 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.