"Manchester Yunayted" yetakchilaridan biri Brunu Fernandesh APLning 20-turi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahs oldidan OAV vakillari bilan suhbatlashdi.
"Man Siti" - Premyer-liganing eng yaxshi klublaridan biri, ammo biz o‘zimizga ishonamiz. Biz muxlislarni g‘alaba qozonishga qodirligiga ishontiradigan jamoaga aylandik. Kim bizga qarshi o‘ynasa ham , qo‘rqmaymiz. Bu o‘yin muxlislar va klub uchun naqadar muhimligini bilamiz", deb yozadi Daily Mail yarim himoyachining so‘zlarini.
Manchester derbisi 14 yanvar shanba kuni "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi.