Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

JCHlarida Janubiy Amerika – Yevropa raqobati

JCHlarida Janubiy Amerika – Yevropa raqobati

Baho:
+ | -

Argentina milliy jamoasi Qatar mundiali finalida Fransiya milliy jamoasini dog‘da qoldirib, tarixda 3-marta jahon kubogi sohibiga aylanganini bilasiz.

Bilmasangiz, ular 1978 va 1986 yillarda ham jahon futbol forumida chempionlikni qo‘lga kiritishgan. Lekin quyidagi tahliliy maqola Argentina termasi emas, balki JCHdagi Janubiy Amerika - Yevropa raqobati xususida.

KONMEBOL - UYEFA - 12:10

Avvalo, alohida eslatish kerak, KONMEBOL, ya’ni Janubiy Amerika vakili JCHda naq 20 yillik tanaffusdan keyin nihoyat, yana taxtga ko‘tarildi. Lekin jami chempionlik maqomi bo‘yicha UYEFA (Evropa) hamon oldinda. Oddiy aytganda, tarixdagi 22ta mundialda yevropaliklar 12 marta, Janubiy amerikaliklar 10 marta g‘alaba nashidasini surishgan. Hozircha boshqa konfederasiyalarda jahon kubogi yo‘q. Chempion jamoalar soni bo‘yicha ham Yevropa oldinda: 12ta kubok 5ta mamlakat - Germaniya, Italiya, Fransiya, Angliya va Ispaniyaga tegishli. KONMEBOL hisobidagi 10ta oltin medalni esa 3tagina jamoa (Braziliya, Argentina va Urugvay) ta’minlagan.

KONMEBOL - UYEFA - 29:15

Bunisi finallar hisobi. Argentina termasi Qatarda 6-marta hal qiluvchi o‘yinda qatnashgan bo‘lsa, fransiyaliklar 4-finalda maydonga tushishdi. Finallarning umumiy statistikasi bo‘yicha esa UYEFA vakillari deyarli ikki baravar oldindalar. Yevropaliklarning bu masaladagi ustunliklari 1950 yildan keyin (o‘shanda final oxirgi marta Janubiy Amerikaning ikki jamoasi o‘rtasida kechgandi) boshlangan. Umuman, JCH tarixidagi 22ta finaldan atigi 2tasi (1930 va 1950 yillar)da Yevropa vakili ishtirok etmagan. Janubiy amerikaliklar esa naq 9ta hal qiluvchi bahsni o‘tkazib yuborishgan. Ayniqsa, 21-asrda o‘rtadagi farq tobora kattalashmoqda: 2006 yildan buyon KONMEBOL atigi 2ta final ko‘rdi (har ikkisi Argentina termasiga tegishli - 2014 va 2022 yillar). Janubiy Amerikaning finallar masalasidagi eng yaxshi davri 1986-2002 yillar oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Ya’ni bu oradagi 5ta finalda ham UYEFA - KONMEBOL jangi kuzatildi. 2ta sof KONMEBOLCHA hal qiluvchi bahs esa turnir tarixining ilk davrida bo‘lgandi (1930 va 1950 yillar). Qolaversa, Yevropada naq 10ta finalchi bor. Janubiy Amerika hisobidagi barcha finallar esa yana o‘sha 3ta chempion jamoaga tegishli.

GURUHDAN CHIQISH  HOLATI

Yevropa - Janubiy Amerika raqobati xususida gap ketganida, ikki qit’a JCHda nechtadan vakil bilan ishtirok etganini ham e’tiborga olish zarur, albatta. Har holda, KONMEBOL hech qachon 6tadan ko‘p yo‘llanmaga ega chiqqan emas. Faqat 2 marta - 1930 va 2014 yilgi JCH-(Braziliya termasi mezbon sifatida kvota olgandi)da Janubiy Amerika 6ta terma bilan qatnashgan. Yevropaning vakilligi esa muntazam o‘zgarib turgan. Xususan, 1982 yili turnir ishtirokchilari soni 24taga oshirilganidan buyon UYEFA har safar 13-14-15ta yo‘llanma olmoqda. O‘sha yildan e’tiboran Janubiy Amerika kamida 4ta, ko‘pi bilan 5ta kvotaga ega bo‘lgan. 1998 yili JCH ishtirokchilari soni 32taga oshirilganidan keyin ham holat uncha o‘zgarmadi. Boz ustiga, Urugvay va Argentina termalari turnir qatorasiga ikkinchi marta Yevropada tashkillashtirilishiga e’tiroz o‘laroq, ishtirokdan bosh tortgach, Janubiy Amerika JCH-38da eng kam vakil bilan qatnashgandi.

Guruh bosqichida ikki tomon jamoalari nechog‘li muvaffaqiyatli qatnashganini ilova shaklida berilgan tasvirdan bilib olish mumkin. Faqat 2010 va 2014 yillardagi mundial Yevropa uchun nisbatan omadsiz bo‘ldi - har ikki holatda 13ta jamoadan 6tasi «pley-off»­ga chiqdi. 1986-2006 yillar oralig‘i eng samarali davrdir - Yevropaning 9-10tadan vakili guruh raundidan keyin ham kurashda qoldi. Qatarda esa «ko‘hna qit’a» odatdagi rejadan chetga chiqdi - guruhdan «atigi» 8ta jamoa chiqdi. Janubiy Amerika bu borada uncha muvaffaqiyatli emas - guruh bosqichida muntazam ravishda jamoalarni yo‘qotadi. Deylik, KONMEBOL vakillari 1986 yildan buyon atigi 3 marta (1986, 1990 va 2010 yillarda) «pley-off»ga yo‘qotishsiz yo‘l olishdi. Shuning barobarida 3 bora katta muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi: 1994 va 2022 yillarda Janubiy Amerika 4ta vakilidan 2tasini, 2002 yili esa 5tadan 3tasini guruh raundidayoq yo‘qotdi. Etiborli tomoni, Qatarda Janubiy Amerika ham, Yevropa ham guruh bosqichida nisbatan ko‘p yo‘qotishga uchradi. Nima, bu uchinchi kuch kurashga shaylanayotganidan dalolatmi?

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:02, 15.01.2023.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.