Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Roberto Galyardini mavsum yakunida klubini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.
“Men doimo ko‘p mehnat qildim va o‘z munosabatim tufayli faoliyatimda ko‘p yutuqlarga erishdim. Mening ahvolim yaxshi va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlayman. Iyungacha kutamiz, keyin qaror qabul qilinadi", - dedi yarim himoyachisi.
28 yoshli futbolchi “neradzurri” safida 2017 yilning yanvaridan beri to‘p tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda Roberto barcha turnirlarda 13 ta jang o‘tkazib, gol urmagan.