Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Liverpul"da g‘alati ishlar bo‘lyapti

"Liverpul"da g‘alati ishlar bo‘lyapti

Baho:
+ | -

"Brayton" kechagi o‘yinda yaxshiroq ko‘rindi va tabiiy ravishda g‘alaba qozondi - 3:0. Deyarli barcha mumkin bo‘lgan statistik ko‘rsatkichlar ularning tomonida: zarbalar, burchak to‘plar, qoidabuzarliklar, kartochkalar va hatto to‘pga egalik qilish ham. O‘tgan mavsumda Klopp to‘pga egalik qilish bo‘yicha APLda ikkinchi jamoaga ega bo‘ldi ("Siti"dan keyin) va kechagi bahsda statistika 38%ni ko‘rsatdi.

“Liverpul” bizni nafaqat to‘pga egalik qilish, balki kuch jihatidan ham APLning ikkinchi jamoasi ekanligini o‘rgatdi. O‘tgan mavsumda so‘nggi turgacha chempionlik uchun kurash olib borishdi va chempionlikka bir necha daqiqa qolgandi. Hozir qandaydir boshqa jamoa “Liverpul” libosida o‘ynayotgandek tuyulyapti.

Odatda bu paytda ular jarohatlar haqida gapirishni boshlaydilar. Van Deyk haqiqatdan ham muhim o‘yinchi, lekin umuman olganda, jamoada ilgari bo‘lgani kabi kadrlar bilan muammo dahshatli emas. Umuman olganda, qolgan pozisiyalarda nima kamchilik bor? Darvozabon joyida. Himoya qanotlarida o‘sha Trent va Robertson. Asosiy yarim himoyachi - Fabinyo, Xenderson, Tiago. Hujumga Dias/Jota yetishmayapti, ammo “Liverpul” so‘nggi olti oy ichida ikkita kuchli transferni amalga oshirdi – Nunyes va Gakpo jamoada paydo bo‘ldi.

Bitta o‘yinda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin, ammo 2023 yilda "Liverpul" hech kimni mag‘lub eta olmadi. Chempionatda “Brentford”ga yutqazdi, keyin Angliya kubogida “Vulverxempton” bilan durang o‘ynadi, endi esa “Brayton” hech qanday imkoniyat qoldirmadi. "Liverpul"ning muammolarini biroz hal qiladigan yagona narsa bu "Chelsi"ning ham shunday vaziyatda ekanligi. Faqat ularda tushunarliroq sabab bor: yangi xo‘jayin, yangi murabbiy, jarohatlarning ko‘pligi. "Liverpul"da bu sabablarning deyarli hech biri mavjud emas.

So‘nggi to‘rt yil davomida ajoyib ish qilib kelayotgan Klopp murabbiylik qilishni unutib qo‘ydimi? Uning matbuot anjumanlari juda asabiy o‘tyapti. O‘tgan kuni u transferlar jamoadagi muammolarni qanday bartaraf etishi haqida savol bergan jurnalistga tashlanib ketishiga bir bahya qoldi.

O‘yindan so‘ng murabbiy "Liverpul" muxlislari oldida mum tishlagandek ko‘rindi. Aftidan, u shunday kechirim so‘radi. Va bu Kloppni jamoadan olib tashlash kerak, degani emas. Balki usiz jamoaning so‘nggi yillardagi darajasiga qaytish qiyinroq bo‘lar. Yana bir jihati shundaki, APLning ushbu mavsumi boy berilishga yaqin turibdi. “Liverpul”ni Yevropa musobaqalariga umuman chiqa olmaganini tasavvur qilish juda qiyin. Bu qandaydir anomaliya. Ehtimol, bunday bo‘lmasligi mumkin, lekin hammasi shunga qarab ketyapti

Kiritildi: 14:21, 15.01.2023.
O'qildi: 5554 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик