Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Remsdeylning qahramonliklari maydon chetiga ham ko‘chgan edi

Remsdeylning qahramonliklari maydon chetiga ham ko‘chgan edi

Baho:
+ | -

Kecha «Arsenal» APLning 20-turi markaziy uchrashuvida «Tottenxem»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mikel Arteta jamoasi Premyer-ligada peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»dan 8 ochko oldinda. London derbisi yakuniga yetgach, g‘olib jamoa darvozaboniga raqib muxlislari hujum qildi.

Remsdeyl ancha hissiyotli darvozabon. Ba’zan «Arsenal»ning g‘alabalari va mag‘lubiyatlarini o‘z emosiyalari orqali bo‘rttirib nishonlab yuboradi: u jamoasining muvaffaqiyatsizliklaridan g‘azablanadi va g‘alabalarda o‘zini tiyib tura olmaydi. Kechagi bahsda bo‘lgan muvaffaqiyat ham bundan mustasno emas edi: final hushtagidan so‘ng Aaron derbida qo‘lga kiritilgan uch ochkodan xursand bo‘ldi va «Tottenxem» muxlislariga turli ishoralar qildi. Biroq undan avval Aaron Risharlison bilan janjallashdi. Braziliyalik futbolchi qizg‘in pallada darvozabonni itarib yubordi, keyin qolganlar mojaroga qo‘shildi. Ammo o‘sha paytda, futbolchilar hali Remsdeylni o‘rab olishga ulgurmaganlarida bir muxlis kiperga hujum qildi: tomoshabin reklama taxtasiga sakrab chiqdi va u yerdan darvozabonni oyoqlari bilan tepdi.

Futbolchi bunga chiday olmadi va mushtlashuvga qo‘shildi, biroq styuardlar tezda ishqibozni chetga olishdi. Remsdeylni ham sudrab olib ketishga to‘g‘ri keldi. Inglizning uzoq vaqt jahli chiqdi. «Tottenxem» esa bu haqda rasmiy bayonot bilan chiqqan. «Biz o‘yin oxirida «Arsenal» darvozaboni Aaron Remsdeylga hujum qilishga uringan muxlisning xatti-harakatidan hayratda qoldik. Futbolda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q. Polisiya Aaron Remsdeyl bilan kechgan voqeani ko‘rib chiqmoqda, shu jumladan muxlisning «Tottenxem» stadioniga kirishi darhol taqiqlanadi, deyiladi klub bayonotida.

Kiritildi: 11:52, 16.01.2023.
O'qildi: 1637 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик