Saudiya Arabistonining "Al-Xalij" klubi "Portu" yarim himoyachisi Brunu Koshtani sotib olmoqchi.
Saudiya klubi 25 yoshli portugaliyalikning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Manba bergan xabarga ko‘ra, kecha "Al-Xalij" Iskoga taklif bilan chiqqan, biroq "Sevilya" va "Real" klublarining sobiq yarim himoyachisi rad javobini bergan.
Portugaliyaning joriy mavsumida 6ta uchrashuvida Koshta 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.