“Napoli” hujumchi Viktor Osimxenni 140 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Hozirda 24 yoshli nigeriyalik futbolchiga "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda.
Osimxenning o‘zi kelajagini iyungacha hal qilishni rejalashtirmayapti, chunki u bor e’tiborini Italiya chempionatida g‘alaba qozonishga qaratmoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Osimxen joriy mavsumda “Napoli” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.