Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari 2-3 Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis

Ten Xagga birdaniga “Ayaks”ning 3 futbolchisi kerak. Nega?

Ten Xagga birdaniga “Ayaks”ning 3 futbolchisi kerak. Nega?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Ayaks" futbolchilarini sotib olishda davom etaganga o‘xshaydi. Erik ten Xag allaqachon Niderlandiya klubidan Antoni (95 million yevro) va Lisandro Martinesni (57,37 million yevro) sotib olgan va endi e’tiborni Yurriyen Timber, Devin Rens va Kennet Teylorga qaratgan. "Manchester Yunayted"da bundan tashqari Niderlandiyadan 3 nafar futbolchi bor bular: Tirell Malasia, Donni van de Bek va Vout Vegxorst.

Nega Erik ten Xagga yana uchta “Ayaks” futbolchisi kerak?

The Sun nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi yevropalik skautlarga 12 dan ortiq niderlandiyalik yosh futbolchilar ro‘yxatini berib, ularni kuzatib borishlari kerakligini buyurgan. Ten Xag tarkibni hamyurtlari bilan yoshartirmoqchi. Nomzodlardan biri Yurriyen Timber. "Manchester Yunayted" bu 21 yoshli markaziy himoyachini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi va endi u 52 yoshli murabbiy ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Timber "Ayaks" bilan uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Transfermarkt tomonidan 45 million yevroga baholangan himoyachi yevro-2020 oldidan terma jamoasida debyut qildi. Turnirda u uchta o‘yin o‘tkazdi va 2022 yilgi Jahon chempionatida u yetakchilardan biriga aylandi.

Devin Rens o‘ng qanot himoyasida o‘ynaydi. U 19 yoshda. U ham “Ayaks”dagi uchinchi mavsumini o‘tkazyapti. Futbolchi terma jamoadagi debyutini 2021 yilning sentyabrida JCH-2022 saralash bosqichida o‘tkazgan va Turkiya bilan uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirgan. Bu o‘yin hozircha uning uchun terma jamoadagi yagonasi bo‘lib turibdi. Uning ham Timberniki kabi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kennet Teylorga kelsak, uni qo‘lga kiritish “MYU” uchun oson bo‘lmaydi. 20 yoshli yarim himoyachi har mavsum yaxshilanib bormoqda. U Erediviziyaning 14 ta o‘yinida 5+3 natijaga va 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomaga ega.

Vaziyatga yaqin manba ten Xagning vatandoshlariga bo‘lgan qiziqishini quyidagicha izohlaydi: "Erik "Yunayted" bu futbolchilar uchun kurashda tashabbusni qo‘lga olishiga qat’iy ishonadi va skautlarga klub Niderlandiyada ham, Germaniyada ham ishni faollashtirishi kerakligini aytdi".

Qizig‘i shundaki, "Manchester Yunayted" uchalasini ham sotib olsa, qancha pul to‘lashi mumkin. Aftidan, summa 100 million yevrodan oshadi. Yurriyen Timber eng muhim futbolchi hisoblanadi. Yozda unga qiziqish nafaqat "Manchester Yunayted"dan bo‘ladi. Shunday qilib, ular hozirdan ushbu yosh yulduzni o‘ziniki qilmoqchi.

Kiritildi: 16:00, 17.01.2023.
O'qildi: 4813 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.