Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Metallurg» yana 3 legioner va ikki o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Metallurg» yana 3 legioner va ikki o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Metallurg» futbol klubi bugun 6 nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Ulardan 4 nafari legioner bo‘lsa, ikki nafari o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.

Avvalroq 33 yoshli Vladislav Kosminin bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berib o‘tgandik. Shundan so‘ng jamoa serbiyalik 3 futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Ivan Yosovich — himoyachi


Yosovich Yugoslaviyaning Ivanisa shahrida, 1989 yilning 27 dekabr sanasida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini qadrdon shahrida – “Yavor” jamoasida boshlagan Ivan yetti mavsum ushbu klub ixtiyorida bo‘ldi. Biroq Yosovichning ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida klub rahbariyati turli yillarda uni “Sloga”, “Radnichki”, “Bachinchi” singari klublarga ijaraga berdi. 2015 yilning birinchi yarmini “Boras Chachak” klubida o‘tkazganidan keyingina u 2019 yilga qadar “Yavor Ivanisa” jamoasining asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi.

“Qo‘qon-1912” jamoasiga “Indjiya” klubidan o‘tdi. Uch yil mobaynida qo‘qonliklar tarkibida Superliganing 66 uchrashuvida maydonga chiqdi va 8 ta gol urdi. 16 marta hakamlar tomonidan sariq kartochka bilan “siylandi”.

Ivan Yosovich – 33 yoshda, 1989 yilning 27 dekabr sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Ivanisa, Serbiya.
Bo‘yi – 182 sm
Vazni – 75 kg.
Ampluasi – himoyachi

Filip Stamenkovich — himoyachi


Stamenkovich 24 yoshda. “Vojdovas” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Professional futbolchilik faoliyatini 2017 yili Belgradning “Radnichki” jamoasida boshlagan. Keyinchalik Vranyening “Dinamo” (2019-2020), Chayetinaning “Zlatibor” (2020-2021) hamda Moskvaning “Veles” (2021-2022) jamoalarida harakat qilgan.

Filip Stamenkovich – 24 yoshda, 1998 yilning 15 sentyabr sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Nish shahri, Serbiya.
Bo‘yi – 191 sm
Vazni – 83 kg.
Ampluasi – himoyachi

Marko Obradovich — hujumchi


2020 yilgi mavsum “Neftchi” klubi tarkibida Pro liga bahslarida ishtirok etib, jamoa to‘purari bo‘lgan Marko Obradovich “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi.

O‘smirlik chog‘ida Serbiyaning “Zemun” (2008) hamda “Partizan” (2009) futbol klubi maktabida tahsil olgan Marko katta futbolga Belgiyaning “Eypen” jamoasi orqali kirib keldi. Ushbu jamoani 44 ta o‘yinda 11 ta goli bilan kuchlilar safiga qaytishiga yordam bergach Obradovichga “Seran” klubi qiziqish bildirdi. 2013-2017 yillar mobaynida esa Bosniyaning “Radnik” jamoasida to‘p tepdi. 2017 yilning yozida esa u Qozog‘istonning “Aktobe” jamoasi a’zosiga aylandi. Shundan so‘ng uning sobiq Ittifoq mamlakatlaridagi futbolchilik faoliyati boshlandi. Rossiya Federasiyasining “Enisey” (2018), Belorusning “Torpedo-BelAZ” (2019), Qozog‘istonning “Oqjetpes” (2020) va Farg‘onaning “Neftchi” (2021) klublarida o‘ynadi.

2005 yildan 2008 yilgacha Serbiya o‘smirlar (U-16) va yoshlar (U-17) terma jamoasida o‘ynagan bo‘lsa, 2010 yili Chernogoriya (U-19) yoshlar terma jamoasiga jalb etildi.

Marko Obradovich – 31 yoshda, 1991 yilning 30 iyun sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Belgrad, Serbiya.
Bo‘yi – 187 sm
Vazni – 83 kg.
Ampluasi – hujumchi

Shuningdek, bekobodliklar safini yana ikki futbolchi to‘ldirdi. Jamoasi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish, raqobatni oshirish maqsadida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘yinchisi Abdujalil Manazarov bilan shartnoma imzoladi.

Abdujalil 24 yoshda. O‘tgan mavsumni “So‘g‘diyona” tarkibida o‘tkazgan Manazarov uchta frontda – O‘zbekiston chempionati, Kubogi hamda OFK kubogi musobaqalarida bahs yuritib, katta tajriba to‘pladi. Mamlakat chempionatida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 1 ta gol kiritdi, 4 bor sariq kartochka bilan jazolandi. E’tiborli jihati uning yagona goli “Metallurg” bilan bo‘lgan uchrashuvda kiritilgan bo‘lib, bu gol “So‘g‘diyona”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmagan. O‘zbekiston kubogi hamda OFK kuboklarida esa 5 tadan o‘yinda qatnashgan hamda 1 ta gol kiritgan.

Abdujalil Manazarov – 24 yoshda, 1998 yilning 12 oktyabr sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Farg‘ona viloyati
Bo‘yi – 181 sm
Vazni – 73 kg.
Ampluasi – yarim himoyachi

Bundan tashqari, “Paxtakor” hamda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi, iqtidorli yarim himoyachi Rian Islomov yangi mavsumdan e’tiboran “Metallurg” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Rian bilan jamoamiz ikki yillik shartnoma imzoladi.

Farg‘ona futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Rian Islomov 19 yoshda. “Neftchi” U-19 jamoasidagi faoliyatidan so‘ng, o‘tgan mavsum “Paxtakor” U-21 jamoasiga o‘tib, O‘zbekiston birinchiligi bahslarida maydonga tushdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi 3 ta o‘yinida raqiblari darvozasini 2 marta aniq nishonga oldi.

Rian Islomov – 19 yoshda, 2004 yil 11 fevral sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Farg‘ona viloyati.
Bo‘yi – 180 sm
Vazni – 71 kg.
Ampluasi – yarim himoyachi

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 17:43, 17.01.2023.
O'qildi: 1816 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.