Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Karlos Ximenes “Metallurg” murabbiylar shtabida ish boshladi

Karlos Ximenes “Metallurg” murabbiylar shtabida ish boshladi

Baho:
+ | -

Bekobodning “Metallurg” jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi.

Bu o‘tgan mavsumda Superliganing “Surxon” jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan Karlos Ximenes Sanchesdir. Bugun “Metallurg” PFK hamda Ximenes o‘rtasida bir yillik hamkorlik yuzasidan shartnomaga imzo chekildi.

Karlos Ximenes 40 yoshda. 1982 yili Ispaniyada futbol bo‘yicha Jahon chempionati yakunlangandan keyin 11 kun o‘tib – 22 iyul sanasida Kastelyon shahrida tavallud topgan. UYEFAning Pro lisenziyasiga ega.

Murabbiylik faoliyatini 2005 yilda “Vilyareal” jamoasida boshlab, mazkur klubda 2018 yilgacha mehnat qildi. 2018 yilda BAAning “Al Ayn”, 2019 yilda Ummonning “Al Oruba”, 2020-2021 yillarda esa Quvaytning “Al Salmiya” jamoalarida ishlagan. O‘tgan mavsumda esa O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurdi hamda Termizning “Surxon” jamoasida Anxel Lopesga yordam berdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 19:16, 17.01.2023.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик