Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Ronaldudan intervyu olgan jurnalist: «Arsenal» «MYU»ni yanchib tashlaydi»

Ronaldudan intervyu olgan jurnalist: «Arsenal» «MYU»ni yanchib tashlaydi»

Baho:
+ | -

Ronaldudan intervyu olgan jurnalist Pirs Morgan «Manchester Yunayted» Krishtianu Ronaldusiz «Arsenal»ga yutqazadi, deya hisoblamoqda.

«Kanonirlar» muxlisi bo‘lgan jurnalist, Ronaldu ketganidan keyin «Yunayted» kuchaydimi, degan mazmundagi savolga javob berdi.

«Yakshanba kuni jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan o‘yin shu savolga javob beradi va «Yunayted» qanchalik kuchayganini bilib olamiz. Men ularning bir nechta bahslarini tomosha qildim. "MYU" bir nechta jamoalarni mag‘lub etdi va «Siti»ga qarshi uchrashuvda ijobiy natija qayd etdi.

Keling, oldindan shov-shuv ko‘tarmaymiz. O‘ylashimcha, biz [«Arsenal»] yakshanba kuni ularni butunlay yanchib tashlaymiz. O‘shanda men ularga futbol tarixidagi buyuk futbolchini haydab yuborish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini eslataman.

Men boshqa savol bermoqchiman: «Yunayted»ning ushbu tarkibida kimdir joriy mavsumda Ronaldu o‘tgan mavsumda gol urganchalik gol ura oladimi?» – dedi Morgan.

«Arsenal» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 22 yanvar Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:39, 17.01.2023.
O'qildi: 5110 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.