Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ten Xagdan dadil start

Ten Xagdan dadil start

Baho:
+ | -

«MYU» bosh murabbiyi Erik ten xag Angliyada kimsan Yurgen Klopp va Xosep Gvardioladan ham yaxshiroq start qayd etdi.

Niderlandiyalik mutaxassis «Bornmut»ga qarshi bahs (3:0 hisobida g‘alaba)da «MYU» boshqaruvidagi kichik yubileyni nishonladi - 25-rasmiy o‘yin. ESPN shu munosabat bilan ten Xag uchun yoqimli statistik ma’lumotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Angliyadagi dastlabki 25ta o‘yinga bog‘liq g‘alabalar foizi bo‘yicha Erik ten Xag hattoki, Xosep Gvardiola, Yurgen Klopp va Mikel Artetadan ham ustun.

Tahlil miqyosi kengroq bo‘lishi uchun APLning kuchli oltiligiga mansub yana ikki murabbiyni olamiz - Antonio Konte va Tomas Tuxel. Grem Potter natijalari esa hozircha hisobga kirmaydi, chunki u «Chelsi»da hali 25ta o‘yin marrasiga yetgani yo‘q (hozircha hisobida 16ta uchrashuv bor). Erik ten Xagning ishi chindan ham, juda ta’sirli va bu haqda alohida va batafsil gapirish kerak. Lekin niderlandiyalikning hozirgi natijasida bitta nyuanc ham bor - 25ta o‘yin masofasi murabbiylarni birlashtiradigan yagona jihat. Ammo tushunarliki, hamma ham bu masofada bir xil raqiblarga to‘qnash kelmaydi. Shuning uchun, muvaffaqiyatli startni baholash uchun g‘alabalar foiziga yagona ko‘rsatkich sifatida qarash noo‘rin.

Deylik, faqat ten Xag va Gvardiola jamoa boshqaruvini yozda qo‘lga olishgan hamda mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini to‘liq o‘tkazishgan. Oddiy aytganda, ularda transferlarni tahlil qilish uchun vaqt bor edi. Tuxel, Arteta, Klopp va Konte esa mavsum davomida ishga kirishishdi. Dastlabki 25ta o‘yin ayniqsa, Tomas Tuxel uchun murakkab kelganini ta’kidlash o‘rinli. Zotan, bu masofadagi 7ta uchrashuv CHL «pley-off» bosqichlariga to‘g‘ri kelgandi. Ikkinchi tomondan, germaniyalik mutaxassis ushbu uchrashuvlarda atigi 1ta mag‘lubiyat (o‘z maydonida «Portu»ga qarshi javob o‘yinida)ga yuz tutgan, «Chelsi» esa turnirni g‘alaba bilan yakunlaganldi.

Yurgen Kloppning «Liverpul»dagi startini baholashda esa uning qanday resursga ega bo‘lganiga ham qarash kerak. U Angliyada barchasini nisbatan kamtar tarkib bilan boshlagan va shuning uchun 25ta o‘yindagi g‘alabalar foizi pastroq. «Arsenal»ni Frederik Yunbergdan qabul qilib olgan Arteta esa APLda klubga talab darajasida yordam berolmadi - yakuniy 8-o‘rin. Ammo ispaniyalik mutaxassis 26-o‘yinida sovrin yutdi - «Arsenal» Angliya kubogi finalida «Chelsi»dan ustun keldi (2:1). «MYU»dan 0:3 hisobida qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng Konte boshqaruviga o‘tgan «Tottenxem» esa APLda kuchli to‘rtlikka ko‘tarildi. Lekin italiyalik murabbiyning dastlabki 25ta o‘yinidagi raqiblar orasida «Mura», «Renn», «Midlsbro», «Bernli» va «Vulverxempton» kabi kamtarin klublar bor. 

Ten Xag startiga alohida to‘xtalsak, u ishni muvaffaqiyatli boshlash uchun yetarli sharoitlarga ega bo‘ldi. Har holda, yozda transferlarda xaridlar uchun 240 million yevro ajratildi va murabbiy o‘ziga tanish futbolchilar (Antoni, Lisandro Martines, qisman Kristian Eriksen)ni tarkibga qo‘shdi. Qolaversa, «MYU» YELda nisbatan yengil guruh («Real Sosyedad», «Sherif» va «Omoniya»)ga tushdi. Muhimi, ten Xag dastlabki ikki mag‘lubiyat («Brayton» - 1:2 va «Brentford» - 0:4)dan so‘ng xotirjamlikni saqlab qoldi, keyin «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenxem» ustidan g‘alabalar keldi. «Qizil iblislar» bu orada «Nyukasl» va «Chelsi» bilan uchrashuvlarda murosa ko‘chasini tanlashdi. Nima bo‘lganda ham, ten Xagning starti (top-6 orasida eng yaxshi ko‘rsatkich) maqtovga loyiq va bu kelajakda uning ishini baholash uchun asosiy belgilardan biriga aylanishi mumkin. Lekin 25ta o‘yindagi g‘alabalar foizi niderlandiyalikni boshqa murabbiylar bilan taqqoslash uchun yagona vosita emas, albatta. Axir kimdir zaifroq kadrlar bilan ish boshlaydi, boshqasi mavsumning murakkab vaqtida. Hozirgi holatda ten Xag uchun g‘alaba qozonish sur’atini saqlab qolish muhim. Zero, eng og‘ir o‘yinlar hali oldinda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:30, 18.01.2023.
O'qildi: 2909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.