Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Real"ning kelajakdagi transfer rejalari haqida

"Real"ning kelajakdagi transfer rejalari haqida

Baho:
+ | -

"Real Madrid" kelajakda bir vaqtning o‘zida bir nechta pozisiyalarni mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Madrid klubi Karim Benzema va Luka Modrichga o‘rinbosar va ikkita qanot himoyachisini sotib olmoqchi.

"Qirollik klubi" Benzema bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytiradi, ammo klub jamoaga yangi asosiy hujumchini olishni istamoqda. Qishda bu masala hal bo‘lmaydi, chunki hozir bozorda Benzemadan yaxshi o‘ynay oladigan forvard yo‘q.

"Real Madrid" mavsum boshida Karimning ko‘p jarohat olganidan hafsalasi pir bo‘lgandi. Klub forvard statistikasi ham pasayib ketganidan havotirlanmoqda - agar o‘tgan mavsumda u 46 ta o‘yinda 44 ta gol urgan va har bir golga o‘rtacha 70 daqiqa vaqt sarflagan bo‘lsa, joriy mavsumda u 19 o‘yinda 12 ta gol urgan. Har bir golga 134 daqiqa. Bundan tashqari, Benzema o‘tgan mavsumda 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, joriy mavsumda atigi bitta golga assistentlik qilgan.

Sentyabrda 38 yoshga to‘ladigan Modrich jismoniy holati sabab barcha o‘yinlarda maydonga tusha olmaydi - unga tushadigan yuk kamaytirilishi kerak. 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin yarim himoyachi hali o‘zining eng yaxshi formasiga qayta olmayapti.

Agar madridliklar kelasi yozda Jud Bellingemni qo‘lga kirita olsa, u holda Modrich jamoada ikkinchi darajali rolga tushib qoladi. Qayd etilishicha, Madridning “Real” klubi Bellingem atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan, biroq “Borussiya” bilan hali muzokaralarni boshlamagan. Agar transfer amalga oshsa, keyingi mavsumda "Real Madrid"ning asosiy yarim himoyachilari Orelyen Tchuameni, Jud Bellingem va Toni Kroos bo‘ladi.

Bundan tashqari, "Real Madrid" himoyaning o‘ng va chap qanotini ham kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda. Ferlan Mendining chap qanotdagi o‘yini Karlo Anchelottini ishontirmayapti. O‘tgan yozda madridliklar uni sotishga tayyor edi, ammo yaxshi takliflar bo‘lmagandi. Bu pozisiya uchun muqobil variantlar - Nacho, David Alaba va Antoni Ryudiger. Ularning barchasi asli chap qanot himoyachisi emas.

Anchelotti bu pozisiyada ko‘rmoqchi bo‘lgan futbolchi "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devisdir. Madridliklar unga 2024 yilning yozida, myunxenliklar bilan shartnomasi tugashidan bir yil avval taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 14:57, 19.01.2023.
O'qildi: 4100 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик