Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" yozda "Chelsi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Liverpul" yozda "Chelsi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt yozda "Liverpul"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachi xizmatlariga "mersisaydliklar" qiziqish bildirmoqda. Shu sababli "ko‘klar" angliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangi muzokaralarni boshlab yuborishdi. Mauntning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Jamoa uni olib qolishga ishonadi. Hozir Meyson haftasiga 75 ming yevro oladi - bu klubdagi eng kam maoshlardan biri.

Meyson Maunt - "Chelsi" tarbiyalanuvchisi. U jamoada 17 yildan ortiq faoliyat olib bormoqda. Joriy mavsumda Maunt jamoa safida 26 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:43, 20.01.2023.
O'qildi: 1849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик