"Vilyarreal" vingeri Arno Danjuma ijara asosida "Everton"ga o‘tdi, deya xabar beradi Fabrisio Romano.
"Vilyarreal" va "Everton" o‘rtasidagi ijara shartnomasida sotib olish varianti mavjud emas. Bugun ertalab Danjuma tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi jamoaga qo‘shiladi.
Niderlandiyalik futbolchi allaqachon Premyer-ligada o‘ynagan - 2019/20 yilgi mavsumda u "Bornmut"da o‘ynagan.













