Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lempard tez orada iste’foga chiqadi

Lempard tez orada iste’foga chiqadi

Baho:
+ | -

Daily Mail xabariga ko‘ra, "Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard iste’foga chiqishga yaqin turibdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati so‘nggi natijalardan norozi, Lempardning chetlatilishi ehtimolini jiddiy ko‘rib chiqmoqda va mavsum yakunida jamoaga Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolishga yordam beradigan yangi mutaxassis qidirmoqda.

Lempard "Everton"ni 2022 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. 21 yanvar, shanba kuni jamoa “Vest Xem”ga yutqazdi (0:2) va Angliya chempionatidagi g‘alabasiz seriyasini sakkizta o‘yinga yetkazdi. "Irislar" 20 o‘yinda 15 ochko bilan turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 08:12, 22.01.2023.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик