"PSJ" rahbariyati har qanday holatda ham hujumchini "Real Madrid"ga qo‘yib yubormaydi, ammo ular Premyer-ligadagi variantga rozi bo‘lishlari mumkin.
Kilian Mbappening “PSJ”dan ketishi haqidagi doston hech qachon tugamaydigan ko‘rinadi. 2022 yilning kuzida klub va hujumchi o‘rtasidagi munosabatlar butunlay uzilgani, futbolchining o‘zi 2023 yilning yozida Parijni tark etmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.
Mbappe parijliklar bilan 2022 yilning may oyida yangi shartnoma imzolagan, biroq iyul oyidayoq u ketish haqida o‘ylagandi. Hujumchi hali ham qolish qarori noto‘g‘ri bo‘lganini his qildi. "Biz xato qildik, men buni birinchi navbatda qildim", dedi Kilianning o‘zi.
Iyul oyida “PSJ” Mbappeni sotishga rozi bo‘lgandi. Ammo bir shart bilan faqatgina "Real"ga emas. Fransiya va ispan jamoalari o‘rtasida keskin munosabatlar yuzaga keldi, bunga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatdi: doimiy transfer intrigalaridan tortib, rahbariyatning Yevropa futbolining kelajagi haqidagi turli qarashlarigacha.
Agar "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Superliga taqdiridan qattiq xavotirda bo‘lsa, "PSJ" rahbari Nosir Al-Xelayfi UEFA va Aleksandr Cheferin tarafida bo‘lganlardan biridir. The Athletic xabariga ko‘ra, "PSJ" yozda futbolchi sotishga tayyor bo‘lgan yagona klub "Liverpul" bo‘lgan. Ammo parijliklar katta summani so‘rashdi.
“PSJ” texnik direktori Antero Enrike 2022 yilning avgustida britaniyaliklar futbolchini 400 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lsa, olishi mumkinligini aytgandi. Kelishuv amalga oshmadi: “Liverpul” bunday shartlarga rozi bo‘lmadi, Mbappening o‘zi esa rad javobini berdi.
2023 yilning yozida fransuzlar Mbappeni "Liverpul"ga sotishni yana ko‘rib chiqadilar, shu bilan birga "Real Madrid" takliflarini rad etishadi. Vaziyatga Kilianning shartnomasi sabab bo‘lmoqda. “PSJ” rasman 2025 yilgacha shartnoma tuzilganini e’lon qildi, biroq keyinroq ma’lum bo‘lishicha, hujjatlarda boshqa muddat 2024 yil ko‘rsatilgan.
Faqat Mbappening o‘zi shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishi mumkin. Hujumchining o‘tgan yozdagi taqdimot marosimida u "2025" raqami tushirilgan futbolka bilan faqat klub va o‘z ona shahriga hurmat belgisi sifatida suratga tushgandi.
“PSJ” 2024 yilda hech narsasiz qolishni istamasa, Mbappeni shu yozda katta pulga sotishga harakat qiladi. Ingliz klubi xo‘jayinlarining o‘zgarishi Kilianning "Liverpul"ga o‘tish jarayonini soddalashtirishi mumkin: Qatarlik ishbilarmonlar jamoani sotib olmoqchi (aniq kimligi hozircha ma’lum emas). Bizga ma’lumki, “PSJ” egalari Qatar Sports Investments hisoblanadi.
Vaziyat ikkita ssenariydan iborat: agar “Liverpul”ni parijliklar bilan bir xil xo‘jayin sotib olsa, u holda kelishuv juda oddiy bo‘ladi. Hattoki, katta ehtimollik bilan klublarda turlicha yetakchilar bo‘lishini hisobga olsak ham, amalda mersisaydliklar va parijliklar bitta kompaniya qo‘lida bo‘lishadi. Ayyor qatarliklar, albatta, do‘stona munosabatlar o‘rnatgan UEFAga nisbatan yondashuvlarni topadilar. Ommaviy axborot vositalarida yana bir kompaniya – Qatar Investment Authority ham ko‘rsatildi. Ammo bu holatda ham Qatarning ikki “giganti”ning kelishuvga erishishi Al-Xelayfiy va Peresga qaraganda ancha oson bo‘ladi.
Agar Mbappe va “Liverpul” 2023 yilning yozida transfer muzokaralariga kirishsa, bu ikkinchi transfer urinishi bo‘ladi. Fransiyalik futbolchi "Monako"ni tark etishdan oldin 2017 yildayoq "Enfild"da bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda uning shunday gapirdi: "Biz "Liverpul" bilan biroz gaplashdik, chunki bu onamning sevimli klubi. Negaligini bilmayman, bu haqda undan so‘rashingiz kerak! Bu yaxshi jamoa, men hali "Monako"da bo‘lganimda tanishganmiz. Bu katta klub".
Mbappeni Premyer-ligada ko‘rish juda qiziq bo‘lardi. Angliya chempionati Fransiya chempionatidan ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomini qo‘lga kiritish va "Oltin to‘p" uchun kurashish uchun ancha qulay joy. Qolaversa, “Liverpul”da Mbappe birinchi raqamli futbolchi maqomini oladi. Oxir-oqibat, Kilian onasini xursand qiladimi yo‘qmi buni vaqt ko‘rsatadi.