Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Qizilqum» Nazorat uchrashuvida «Surxon»ni yengdi

«Qizilqum» Nazorat uchrashuvida «Surxon»ni yengdi

Baho:
+ | -

Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan «Qizilqum» bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda namvoiyliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bellashuvning 38-daqiqasida Jasur Xolto‘rayev sobiq jamoadoshlari darvozasini aniq nishonga olgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay jamoa sardori Sherali Jo‘rayev oradagi farqni ikkitga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida termizliklar 11-metrlik jarima zarbasidan hisobni qisqartirgan bo‘lishsa, o‘yinning so‘nggi soniyalarida zaxiradan maydonga tushgan Ilhom Vahobov bellashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:1.

Toshkent yig‘ini davomida «Qizilqum» navbatdagi nazorat uchrashuvini 27 yanvar kuni Samarqandning “Dinamo”siga qarshi o‘tkazadi.

Nazorat uchrashuvi.
“Qizilqum” – “Surxon” 3:1
Toshkent viloyati. Ahmad Yassaviy qo‘rg‘oni stadioni.
Bosh hakam: Rahimbek Karimov.
Gollar:  Jasur Xolto‘rayev (38), Sherali Jo‘rayev (43), Ilhom Vahobov (90) - Kamronbek Saidazimov (64-pen).
“Qizilqum”: J. Ilyosov, J.Sodiqov, O.Tolmasov, S.SHukrullayev, A.Mamatxo‘jayev, SH. Turopov, A. Sanoyev, D.Anvarov, SH.Jo‘rayev, D.Rahmatullayev, J.Xolto‘rayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Azizbek Usmonov, Oybek Nurmatov, Islom Toshpo‘latov, Ilhom Vahobov, Nikolay Tarasov, Murod Rahmatov, Salohiddin Tursunov.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 16:09, 24.01.2023.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.