Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

"Nasaf": Kimlar kelib, kimlar ketdi?

"Nasaf": Kimlar kelib, kimlar ketdi?

Baho:
+-1 | -

O‘zingizga ma’lum, yangi futbol mavsumi oldida "Nasaf" tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi.

"O‘tgan mavsumda jamoamiz tarkibida to‘p surgan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov, himoyachi Dilshod Saitov, yarim himoyachi Sharof Muhitdinovlar jamoamizni tark etishdi. “Nasaf” klubi ushbu futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qoladi.

Shuningdek, jamoamizning yana bir yarim himoyachisi Murodbek Rahmatov Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga ijaraga berildi.

Jamoamizni tark etgan futbolchilar o‘rniga yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolanganidan xabaringiz bor. Xususan, o‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasida harakat qilgan Javohir Siddiqov, Navoiyning “Qizilqum” jamoasida o‘ynagan yarim himoyachi Shuhrat Muhammadiyev va Tojikistonning milliy terma jamoasi a’zosi Muhammadjon Rahimov jamoamizga taklif etildi" - deyiladi "Nasaf"ning matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar xorijiy yig‘inni o‘tkazish uchun 27 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketishadi.

 

Manba: "Насаф" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:03, 25.01.2023.
O'qildi: 3578 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик