"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Fransiya chempionatida o‘ynagan davri haqida o‘z fikrini aytdi.
"Men Fransiyani yaxshi ko‘raman, u yerda to‘rt yilni o‘tkazdim va Fransiya futbolini jahon darajasiga olib chiqdim. Bu takabburlik emas, bu o‘zimga bo‘lgan ishonch", - dedi Ibrahimovich Football Italia bilan suhbatda.
Ibrahimovich 2012 yildan 2016 yilgacha "PSJ"da o‘ynagan. Jamoa tarkibida u 4 karra Fransiya chempioni, ikki karra Fransiya kubogi sohibi, uch karra Superkubogi va Fransiya liga kubogini yutgan.