Saudiya Arabistonining «Al-Fotix» klubi «Betis» hamda «Barselona» sobiq futbolchisi Kristian Telyo bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 31 yoshli forvard 2024 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.
Telyoning oldingi jamoasi Amerikaning «Los-Anjeles» klubi edi. Futbolchi 2011 yildan 2017 yilgacha «Barsa»da o‘ynagan.
«Al-Fotix» Saudiya Arabistoni Premyer-ligasida 9-o‘rinni egallab turibdi.













