Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres o‘tkazilgan matbuot anjumanida keskin bayonotlar bilan chiqish qildi. Klub rahbari «Barselona»ni ko‘p yillar davomida hakamlarga pul to‘lab kelganlikda («Negreyra ishi») aybladi.
Peresning so‘zlariga ko‘ra, «qirollik klubi» UEFA uchun maxsus hujjat tayyorlamoqda va ushbu masala bo‘yicha Kataloniya klubiga nisbatan chora ko‘rilishini talab qilmoqchi.
Ushbu bayonotlardan bir necha soat o‘tib, «Barselona» rasmiy munosabat bildirdi.
«Real» prezidenti Florentino Peresning matbuot anjumanida aytgan gaplari yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, klubimiz yuridik departamenti uning bayonotlari va ayblovlarini sinchiklab o‘rganmoqda. Ayni damda ular tahlil qilinmoqda va kelgusida tashlanadigan qadamlar baholanmoqda», — deyiladi «ko‘k-anorranglilar» bayonotida.
Kataloniya klubi tegishli qarorlar qabul qilingach, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishini ta’kidlagan.













