Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Manchester Yunayted" APLning eng qimmat jamoasi, "Arsenal" esa ilk bor ashaddiy raqibini quvib o‘tdi

"Manchester Yunayted" APLning eng qimmat jamoasi, "Arsenal" esa ilk bor ashaddiy raqibini quvib o‘tdi

Baho:
+ | -

"Sportico" nashri tayyorlagan maqolada aytilishicha, APL jamoalarining umumiy qiymati oshgan. Bunga turnir translasiya haqqining ko‘paygani va stadionga muxlislarning qaytgani katta ta’sir ko‘rsatgan. Pandemiya paytida stadionlar yopilib, o‘yinlar yopiq eshiklar ortida o‘tkazila boshlangan edi. Hozir esa vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Angliyadagi eng qimmat klub bu "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Klubning umumiy qiymati 4,8 milliard funtga baholangan. "Qizil iblislar" bu borada o‘z raqobatchisi bo‘lgan "Liverpul"dan ancha o‘tib ketgan. Mersisaydliklar ayni damda 3,8 milliardga arziydi deb hisoblanmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirda har ikki klub sotuvga qo‘yilgan. Xususan, "MYU" egasi bo‘lgan Gleyzerlar xonadoni klubni 7 milliardga sotishga rozi bo‘lishini bildirgan. Unga Angliyaning eng boy kishisi Ser Jim Retkliff qiziqish bildirgandi.

Boshqa bir tomonda "Liverpul"ga egalik qiluvchi "FSG" butun klubni sotishini ma’lum qilgandi. Ammo keyinchalik niyatidan qaytib, jamoaning aksiyalarini bir qisminigina sotishini e’lon qildi.
Ro‘yxatda "Manchester Siti" uchinchi pog‘onada keltirilgan bo‘lib, arablar jamoasi 3,5 milliardlik qiymatga egadir. To‘rtinchi o‘rinda "Arsenal" qayd qilingan. Ushbu London klubi 2,9 milliard funtga narxlanadi. Bu orqali "Arsenal" ilk bor "Chelsi"dan o‘zib ketdi. "Ko‘klar" 2,8 milliard funtga baholandi. Shuningdek, ro‘yxatda milliard bilan baholangan so‘nggi klub keltiriladi va u "Tottenxem"dir. Bu jamoaga qiziquvchilar 2,6 milliard funt to‘lashi talab etiladi.

Qolgan jamoalar ichida "Vest Xem" eng qimmatidir. London klubing narxi 539 million funtga teng. Yuqoridagi rasmda to‘liq ro‘yxatdan bilan tanishishingiz mumkin.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:11, 25.01.2023.
O'qildi: 2302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.