Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

OFK delegasiyasi Bekobodga tashrif buyurdi

OFK delegasiyasi Bekobodga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Kecha Osiyo futbol konfederasiyasidan mamlakatimizga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar delegasiyasi Bekobod shahrida bo‘lishdi. Osiyo futbol konfederasiyasi Yoshlar kengashi a’zolari Seed Mirshad Majedi va Bassem Muhammad Toshkent viloyatining eng shimoliy hududi – sanoat shahrida millionlar o‘yiniga berilayotgan e’tibor hamda bolalar futbolini rivojlanish strategiyasi – klub qoshida faoliyat yuritayotgan futbol akademiyasi bilan yaqindan tanishishdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Ma’mur Saidqosimov hamda Baxtiyor Shirinov hamrohligida mehmonlar «Metallurg» futbol klubi tizimidagi «El Golaso» futbol akademiyasidagi shart sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi: akademiya o‘quv binosi, yotoqxona, ovqatlanish tizimi, tabiiy hamda sun’iy qoplamali futbol maydonlari, trenajer zali, «Yoshlik» sport zalida bo‘lishdi. Futbol akademiyamiz nufuzini oshirish borasida berilgan taqdimotda ko‘rsatilgan barcha bandlarni sinchkovlik bilan o‘rganishdi. Taqdimotning asliyatga qanchalik mos va to‘g‘ri kelishini qiyoslashdi.

Tashrif yakunida OFK delegasiyasi a’zolari «El Golaso» futbol akademiyamizning nufuzli mehmonlari daftariga dil izhorlarini qoldirishdi. Shu o‘rinda qayd etish kerak, mutaxassislar Osiyo futbol konfederasiyasi Elita yoshlar futboli reglamentining uch yulduzli elita yoshlar sxemasiga to‘liq a’zolik uchun O‘FA tomonidan topshirilgan arizani baholash maqsadida Bekoboddan tashqari Urganch hamda Namangan shaarlarida ham bo‘lishadi. O‘zbekistonga tashrif 27 yanvar sanasida poyoniga yetadi. O‘rganishlardan so‘ng futbol akademiyalari, professional futbol klublari qoshidagi akademiyalar yuzasidan xulosalar taqdim etiladi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:25, 25.01.2023.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.