Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Debyut, 34 daqiqada uch gol va sovrin! (video)

Debyut, 34 daqiqada uch gol va sovrin! (video)

Baho:
+ | -

35 yoshli Luis Suares Braziliyaning «Gremio» klubidagi debyutini «xet-trik» va sovrin bilan bezadi.

35 yoshli Luis Suares Braziliyaning «Gremio» klubidagi deb­yutini «xet-trik» va sovrin bilan bezadi. E’tiborlisi, urugvaylik hujumchi 3ta golini ham birinchi bo‘limda, aniqrog‘i, 34 daqiqa oralig‘ida rasmiylashtirdi. To‘g‘ri, raqib ancha kuchsiz edi - Braziliya chempio­nati To‘rtinchi divizioni ishtirokchisi «San-Luis». Xullas, «Gremio» Riu-Grandi-du-Sul shtati superkubogi uchun kechgan bahsda «qopag‘on» Suaresning 3ta goli evaziga 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Alohida aytish kerak, yevrofutbolda rosa yayragan Luis Suares oxirgi marta 2013 yili o‘yinning birinchi bo‘limidayoq «xet-trik» qayd etgandi. O‘shanda «Liverpul» safida to‘p surgan urugvaylik «Norvich» darvozasini 3 bora o‘qqa tutgan. «Gremio»dagi orzu misoli debyutiga kelsak, Luis 57-daqiqada o‘rnini yana bir faxriy futbolchi - 37 yoshli Diyego Souzaga bo‘shatib berdi. O‘yindan so‘ng mamnun va mag‘rur «El Pistolero» ijtimoiy tarmoqlarda Braziliyada qo‘lga kiritgan ilk sovrinini alohida ko‘z-ko‘z qildi va qo‘shib qo‘ydi: «O‘ylaymanki, bu men uchun eng yaxshi debyut». 

«Gremio» bosh murabbiyi Renato ham o‘z hayratini yashirgani yo‘q: «Suaresning debyuti bundan yaxshi bo‘lishi mumkin emasdi. Muxlislar unga to‘liq ishonishadi, xuddi biz kabi. Mana, Luis birinchi o‘yindayoq bu yerga nega kelganini ko‘rsatib qo‘ydi. Kamtarligi hisobiga tezda moslashdi va darhol ishga tushdi».

«Gremio» Luis Suares transferini 2022 yilning oxirida e’lon qilgandi. Klub bilan 2 yillik shartnoma tuzgan urugvaylik forvardning «Arena Gre­mio»dagi tanishtiruv marosimida 60 ming muxlis to‘plandi. Tribunalar liq to‘lganini ko‘rgan, mislsiz shovqinni eshitgan futbolchi bunga o‘zgacha minnatdorchilik bildirgandi: «E’tibor uchun rahmat! Aql bovar qilmas qabul. Qani ketdik!»

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 25.01.2023.
O'qildi: 2725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик