Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Ipsvich 0-1 Kristal Pelas
04/12 01:15 Lester 3-1 Vest Xem
05/12 00:30 Nyukasl 3-3 Liverpul
05/12 00:30 Sautgempton 1-5 Chelsi
05/12 00:30 Everton 4-0 Vulverhempton
05/12 00:30 Manchester Siti 3-0 Nottingem Forest
05/12 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Madrid
05/12 01:15 Aston Villa 3-1 Brentford
05/12 01:15 Arsenal 2-0 Man. Yunayted
06/12 00:30 Fulhem - Brayton
06/12 01:15 Bornmut - Tottenhem
06/12 22:30 Inter - Parma

Anchelotti: Har 25 o‘yinga bir sovrin!

Anchelotti: Har 25 o‘yinga bir sovrin!

Baho:
+ | -

Italiyalik chin afsona Karlo Anchelotti uchun «Real» boshqaruvidagi 201-o‘yin omadsizlik keltirdi - «Qirollik klubi» Saudiya Arabistonida «Barselona»ga qarshi Ispaniya superkubogi finalida xira ko‘rindi va mag‘lubiyatni tan oldi - 1:3. Lekin shu birgina omadsizlik don Karloning avvalgi 200ta o‘yini statistikasiga dog‘ bo‘lolmasligi aniq. Ha, futbol metri Ispaniya superkubogi yarim finalida («Valensiya»ga qarshi) «Madrid» boshqaruvi rolida yubiley - 200-o‘yinini nishonlagandi. Xo‘sh, ularning umumiy hosilasi qanday?

*** Karlo Anchelotti - «Real» bosh murabbiyi sifatida 200ta o‘yin dovoniga yetgan 4-mutaxassis. «Madrid» tarixida faqat Migel Munyos (605ta o‘yin), Zayniddin Zidan (263ta o‘yin) va Visente Del Boske (246ta o‘yin) bundan ko‘proq o‘yinda rahbarlik qilgan. 

*** Karlo Anchelotti «Real»dagi ikki davrida teng miqdorda - 4tadan sovrin yutdi. Italiyalik mutaxassis birinchi urinishida Ispaniya kubogi, Yevropa CHL, Klublar o‘rtasidagi JCH va Yevropa superkubogida zafar quchgandi. Mana, u qaytishidan so‘ng klub bilan hozirgacha yana 4ta turnirda g‘alaba qozondi - YECHL, La Liga, Yevropa va Ispaniya superkubogi. 

*** Karlo Anchelotti fevral oyida «Real»­dagi sovrinlari sonini 9taga yetkazish imkoniyatiga ega - «Madrid» Marokashda o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi JCHning bosh favoritidir. 

Endi Karlo Anchelottining «Real» tarixidagi boshqa yetuk bosh murabbiylar bilan taqqoslash uchun har birining dastlabki 200ta o‘yiniga nazar solamiz. 

*** Karlo Anchelotti - g‘alabalar nisbati, shuningdek, qo‘yib yuborilgan golar soni bo‘­yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Qolaversa, «Real» faqat Munyos rahbarligida 200ta o‘yinda Anchelotti davridagidan ko‘proq gol urgan.

*** Zayniddin Zidan «Real»da dastlabki 200ta o‘yinda eng ko‘p sovrin yutgan murabbiydir. Fransiyalik mutaxassis o‘rtacha hisobda har 18ta o‘yinda 1ta sovrin ta’minlagan. Anchelotti va Munyos esa bu oraliqda 8tadan turnir g‘olibiga aylanishgan. Oddiy aytganda, o‘rtacha hisobda har 25ta o‘yinga 1ta sov­rin! 

*** «Real»ga Visente Del Boske boshqaruvida qiyinroq bo‘lgan, lekin «janob kartoshka» sovrinlar soni bo‘yicha boshqa hamkasblaridan uncha qolishgan emas.

Yana bir fakt shuki, Karlo Anchelotti 13 yil badaliga ilk marta finalda mag‘lublikni tan oldi. Boshqacha aytganda, «Barselona Saudiyada italiyalikning dahshatli seriyasiga nuqta qo‘ydi. Diqqat qiling, Anchelotti 2010 yildan buyon «Real» va «Bavariya» boshqaruvida qatorasiga 9ta finalni o‘z foydasiga hal qilgandi. Don Karlo bu orada jamoalari bilan Germaniya superkubogi (2 marta), CHL (2 marta), Ispaniya kubogi va superkubogi, Yevropa superkubogi (2 marta) va Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba nashidasini surgandi. Anchelotti ushbu seriya boshlanishidan oldin finalda oxirgi marta «Chelsi» boshqaruvida mag‘lubiyatga uchragandi - Angliya superkubogi uchun bahsda «MYU»ga qarshi o‘yinda. To‘g‘ri, «Real» 2014 yili ham Ispaniya superkubogini boy bergan, lekin buni final sifatida hisobga kiritmaymiz, chunki sovrin taqdiriga 2ta o‘yin orqali oydinlik kiritilgandi.

I.YUSUFJONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:55, 26.01.2023.
O'qildi: 2231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.