Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Ten Xag Reshfordning rivojlanishidan mamnun

Ten Xag Reshfordning rivojlanishidan mamnun

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Nottingem"ga qarshi (3:0) Angliya liga kubogi 1/2 finali birinchi o‘yinida hujumchi Markus Reshfordning o‘yinini yuqori baholadi.

“U o‘yin boshidayoq ajoyib gol urdi. Hozir men dinamikaga bog‘liq bo‘lgan yaxshi tomonlarni ko‘rdim. Men Markusdan, uning o‘yini va rivojlanishidan mamnunman. U o‘sishda davom etadi. U bu jarayonni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Agar biz uni to‘g‘ri pozisiyalarga qo‘ysak, uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Markus aqldan ozgan narsalarni qila oladi. U shunday kayfiyatda bo‘lsa, uni to‘xtatib bo‘lmaydi", - deya Ten Xagdan iqtibos keltiradi Mirror.

Reshfordning "Nottingem" darvozasiga kiritgan goli futbolchi uchun JCHdan so‘ng mavsum qayta boshlanganidan beri barcha musobaqalardagi 10-goli bo‘ldi.

Javob o‘yini 1 fevral kuni "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 14:48, 26.01.2023.
O'qildi: 1411 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик