Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 0-0 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

APL raqobatchilari mamlakat kubogida ham to‘qnash keladi: "Manchester Siti" - "Arsenal" (prevyu)

APL raqobatchilari mamlakat kubogida ham to‘qnash keladi: "Manchester Siti" - "Arsenal" (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida chempionlik uchun kurash olib borayotgan raqiblar bugun tunda mavsumdagi ilk to‘qnashuvni boshidan o‘tkazadi – "Manchester Siti" o‘z uyida "Arsenal"ni qabul qiladi. Angliya kubogining to‘rtinchi bosqichi eng markaziy o‘yin bilan bugundan start oladi. Hozir APLda shunday holat yuzaga kelganki, ushbu jamoalarning har ikkisida APL chempioni bo‘lish imkoni mavjud. Ammo bugungi o‘yinda har ikki tomon ham ayrim rotasiyalar qilishga harakat qiladi.

Arteta va Gvardiola jamoalari hali ham Yevrokuboklarda ishtirok etmoqda. Bu musobaqalar ham hademay boshlanadi. Shu sababli, kuchni to‘g‘ri taqsimlash talab etiladi. Endi, Angliya kubogiga kelsak.
"Manchester Siti" uchinchi bosqichda "Chelsi"ni 4-0 hisobida tor-mor keltirgandi. O‘sha bahsda Maxrezning dubli, shuningdek, Alvares va Fodenning gollari "shaharliklar"ga g‘alaba keltirgan. "Arsenal" esa o‘zining katta ustunligi ostida kechgan bahsda "Oksford"ni 3-0 hisobida mag‘lub etgandi. Ikkinchi taymdagi Elneni va Nketianing ikki goli "kanonirlar" foydasini ta’minlab berdi. Quyida ikki gigantning ayrim tomonlariga to‘xtalib o‘tiladi.

Jamoalar sport formasi qanday?

"Manchester Siti" so‘nggi 5 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Mag‘lubiyatlar Angliya liga kubogida "Sautgempton"ga (0-2), APLda esa "Manchester Yunayted"ga (2-1) uchralgandi.
Boshqa tomonda "Arsenal" ajoyib seriya qayd etmoqda. Arteta shogirdlari so‘nggi 5 o‘yindan 4 tasini o‘z foydasiga hal qila olgan. 1 bahs esa durang bilan tugagan ("Nyukasl", 0-0).

Jarohatlanganlar bormi?

"Shaharliklar" safida Fil Foden borasida muammolar bor. Hujumchi oyog‘idan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmasligi aytilgan. Gvardiola ushbu o‘yinda tarkibning ayrim kam foydalaniladigan futbolchilariga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berishi aniq.
"Arsenal"da esa asosiy futbolchilar hisoblangan Gabriel Jezus, Muhammad Elneni va Reiss Nelsonlar jarohat sababli bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, "Arsenal"da ham Xolding, Viyeyra, Tirni va Trossard kabi yulduzlarga imkoniyat taqdim etilishi kutilmoqda.

Kimlar porlaydi?

"Manchester Siti" asosiy hujumchisi bo‘lgan Xolandga dam olish imkoniyati bergan holda, Xulian Alvares bilan bahsni boshlashi mumkin. Argentinalik Jahon chempioni kerakli vaqtda o‘zini ko‘rsata olishi bilan ajralib turadi.
"Arsenal"da Trossardni maydonda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi va u porlashi kutilayotgan yulduz sanaladi. Belgiyalik "MYU" bilan 12 daqiqa o‘ynab, o‘z talanti va nimalar taklif eta olishini ko‘rsatib qo‘ygandi.

BOSS'lar nima deydi?

"Shaharliklar" ustozi Gvardiola "Vulverxempton"ni mag‘lubiyatga uchratgach, shunday degandi: "Bizning bugungi o‘yinimiz "Tottenxem" bilan birinchi bo‘limdagi harakatimiz bilan bir xil. Yaxshi harakat qildik, o‘yinimizdagi o‘sish ko‘zga tashlandi. Ammo bu bugunchalik. Keyingi o‘yinda nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi".
Arteta "MYU" bilan o‘yindagi irodali g‘alabadan keyin shunday deydi: "O‘yin oxirida g‘alabaga erishish juda ham ajoyib. Biz bunga muxlislarimiz va aqlbovar qilmas salohiyatimiz bilan erishdik. Endi esa oldindagi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. "Manchester Siti" bilan bizga oson bo‘lmasligi aniq".

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv bugun tunda, Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:00, 27.01.2023.
O'qildi: 1645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.