"Brayton" APLdan futbolchi sotib oladi. Xabarlarga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Aleks-Oksleyd Chemberlen "chag‘alaylar" tomonidan nishonga olingan.
29 yoshli futbolchi bundan 6 yil oldin "Arsenal"dan xarid qilingan edi. U hozirga qadar mersisaydliklar safida 143 o‘yinda 18 ta gol va 15 ta assistga mualliflik qilgan.